GʻULOMOV Ulugʻ Gʻafurovich

GʻULOMOV Ulugʻ Gʻafurovich (1933. 10.1 – Toshkent – 1990.15.3) – fizik olim, Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1973). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983). Fizika-mat. fanlari d-ri (1972). Oʻrta Osiyo un-tini tugatgan (1955). Oʻzbekiston FA Fizika-texnika in-tida ilmiy xodim (1959—62), direktor oʻrinbo-sari (1962), Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi in-tida direktor oʻrinbosari (1962-69), direktor (196978; 1989-90), lab. mudiri (1978—90). Ilmiy ishlari, asosan, elementar zarralar fizikasi, relyativistik yadrolar fizikasi, radiatsion materialshunoslik, aktivatsion tahlil va radioak-tiv izotoplardan foydalanish sohalariga oid. Yadro emulsiyalarida gi-perfragmentlarning hosil boʻlish mexanizmlarini, yuqori energiyali elementar zarralarning murakkab yad-rolar bilan oʻzaro taʼsirini, relyati-vistik yadrolarning yadro bilan toʻqnashishi mexanizmlarini tadqiq etgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1970). Toshkent sh. Ulugʻbek shaharchasidagi koʻchalardan biri uning nomi bilan ataladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x