GʻIYOSIDDIN PIRSHOH

GʻIYOSIDDIN PIRSHOH (? – 1229) — Muhammad Xorazmshohning oʻgʻli. Jaloliddin Manguberdinint ukasi. 1217-y. Xorazmshoh Gʻ. P. ga Kermon, Kesh va Makron viloyatlarini bergan. Gʻiyosiddin Pirshoh davlati hududiga moʻgʻullar 10 ming otliq qoʻshin bilan hujum qilganda u qarshilik koʻrsatmay Iroqni talon-taroj etilishiga yoʻl qoʻyib bergan. Moʻgʻullar ketgandan soʻng, ularning oʻrniga mahalliy turkiy amirlar mamlakatni gʻorat qila boshlaganlar. Gʻiyosiddin Pirshoh ularni tin-chitish uchun turli harbiy darajalar bera boshlagan: amirni malik, malikni esa xon darajasiga koʻtargan. Gʻiyosiddin Pirshoh davlat ishlariga layoqatsiz boʻlib, bu ish bilan onasi Bakluyo shugʻullangan, shu sababli u Turkon xotun kabi Xudovandi Jahon laqabini olgan. Raiyat saltanatdagi beboshlik, adolatsizlikdan norozi edi. Jaloliddin Hindistondan qaytgach, bular barham topgan.

Gʻ. P. Jaloliddinning Gruziyaga qilgan yurishida (1225) qatnashib qoʻshinning soʻl qanotini boshqargan. 1227-y. moʻgʻullarning Bayju noʻyon, Taynal noʻyon va b. rahbarligidagi qushini bilan Isfahon yaqinida boʻlgan jangda Gʻiyosiddin Pirshoh xiyonatkorona ravishda oʻziga tegishli askarlar va Jaloliddinning Jahon Pahlavon elchi boshchiligidagi harbiy qismi bilan jang maydonini tark etgan. Gʻ. P. Huzistonga yoʻl olib, u yerdan xalifaga elchi yuborib akasini tark etgani, xalifalikka qoʻshni boʻlib yashamoqchiligini bildirgan. Huzistondan Alamut, soʻng Kermonga Baroq hojib huzuriga qochgan. Baroq zoʻrlik bilan Gʻiyosiddin Pirshohning onasiga uylangan, bir ozdan keyin ularni oʻziga nisbatan suiqasd qilishda ayb-lab onasini, vazir Karim ash-Sharq va Jahon Pahlavon elchini qatl ettirgan, Gʻiyosiddin Pirshohni esa, qalʼaga qamab qoʻygan.

Faxriddin Hasanov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x