GʻARCHISTON

GʻARCHISTON, Garchiston, Gʻariston — ilk oʻrta asrlarla Murgʻob daryosining yuqori oqimida joylashgan togʻli viloyat. Arab manbalariga koʻra, bu viloyat shohlari «baraz banda» yoki «shor» unvoni bilan yuritilgan. Shu tufayli bu viloyatni baʼzan Gʻar-jash-Shor deb ham atashgan. «Gʻarchiston» atamasi baqtriycha «gʻar» — «togʻlar» yoki «gʻar-cha» — yaʼni «togʻlik» maʼnosida, togliklar yurti, mamlakatini anglatgan. 20-a. boshida ham Oʻrta Osiyoning past-tekisliklari aholisi Zarafshonning yuqori oqimi boʻylari va Pomirdagi togʻliklarga nisbatan «gʻalcha» atamasini qoʻllagan.

«Shohnoma»da Gʻarchiston «Gʻarchgon» shaklida qayd etilgan. Rivoyatlarga koʻra, Eron shohi Feruz (Peroʻz) Gʻarchiston hokimi yordamida birodari Hurmuzd ustidan gʻalaba qozongan. 826—827-y. da Abdulloh ibn Tohir hukmronligi davrida Gʻarchiston viloyati xalifalikka 100 ming dirham va 1 yoki 2 ming qoʻy miqdorida xiroj toʻlagan. 10-a. da Gʻarchiston hokimlari Gʻuzganon shohiga tobe boʻlishgan. Ular somoniylarga xiroj toʻlamay, faqat sovgʻa-salom yuborganlar, xolos. Gʻarchistonda 10 ta shahar, qishloq va jome masjidlari boʻlgan. shaharda hokim sagyuylari, rabotlar Gʻarchistonning bosh shahri Obshin (yoki bashin) Marvarrud daryosi boʻyida joylashgan. Gʻarchistonda yetishtirilgan sholi xuroson va Balxning boshqa shaharlariga chiqarilgan. 10-a. da Gʻarchistonda, shuningdek, karramiylar mazhabi tarafdorlari keng tarqalgan. Abbo-siylar xalifaligi davrida Gʻarchistonning oʻz zarbxonasi boʻlgan. Gʻarchistonni koʻp asrlar idora etib kelgan shoriylar sulolasi 1030-y. sulton Mahmud Gʻaznaviy tomonidan tugatilgan. 17-a. da Gʻarchiston keng, obod viloyat boʻlib, unda 50 ga yaqin qishloq, shuningdek, koʻplab togʻ qalʼalari va istehkomlari joylashgan.

Ad.: Kamaliddinov Sh. S., Isto-richeskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazmchnsh istochnikam IX – nachala XIII vv„ T., 1996.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x