HAZINIY
Musaddaslar
Gʻamguzore bul jahon, bir-bir ketarni oʻylasun,
Yurmasun yalgʻuz, kishi rohi xatarni oʻylasun,
Vaqti yetganda amonatni tutarni oʻylasun,
Bul qaro yer barchani bir-bir yutarni oʻylasun,
Hasrato, vovaylato birlan ketarni oʻylasun,
Har kishi yer ostida yalgʻuz yotarni oʻylasun.
Moli dunyoni yigʻushturgan bilan bir kun qolur,
Jon amonatdur kishiga, oxiri bir kun olur,
Koʻp xaloyiq mol uchun oʻzini kulfatga solur,
Har kishi dunyoga keldi, bilsangiz, oxir oʻlur,
Hasrato, vovaylato birlan ketarni oʻylasun,
Har kishi yer ostida yalgʻuz yotarni oʻylasun.
Anbiyoyu avliyolar oʻlmayin qolgoni yoʻq,
Qullu nafsin zoiqatul-mavtni bilgoni yoʻq,
Barcha ketganlar bu dunyoga taqi kelgoni yoʻq,
Qaysi soat jon berorini kishi-bilgoni yoʻq,
Hasrato, vovaylato birlan ketarni oʻylasun,
Har kishi yer ostida yalgʻuz yotarni oʻylasun.
Bandalik qilgʻil tiriklikda, gʻanimatdur nafas,
Kecha-kunduz yigʻlamoqni, ey birodar, qilma bas,
Ushbu dunyo ishlari, behudadur hoyu havas,
Jon misoli andalibdur, bu jasad misli qafas,
Hasrato, vovaylato birlan ketarni oʻylasun,
Har kishi yer ostida. yalgʻuz yotarni oʻylasun.
Ushbu dunyodin guzar qildi oʻshal Odam ato,
Shish paygʻambar ila Nuhi nabi, vohasrato,
Ham yana Ibrohimu Ismoilu ham Zikriyo,
Mustafo ketti, Haziniy yigʻladi “vo ummato”,
Hasrato, vovaylato birlan ketarni oʻylasun,
Har kishi yer ostida yalgʻuz yotarni oʻylasun.
* * *
Koʻngulni, ey birodar, bogʻlama dunyoga, hijrat qil,
Tiriklik, bil gʻanimat, turmayin uqboga hijrat qil,
Bino qoʻyma imorat mulk ila ashyoga, hijrat qil,
Kechib, Fargʻona mulkini berib tarsoga, hijrat qil,
Olib ahlu ayoling, emdi Baytulloga hijrat qil,
Madina – ravzayi poki rasululloga hijrat qil,
Tugandi emdi dunyo, ey birodarlar, boʻling ogoh,
Dari tavba yopilmay, ketma-sang holingga vovaylo,
Xuruji qoldi emdi Mahdiyu Dajjol ila Iso,
Olib ahlu ayoling, emdi Baytulloga hijrat qnl,
Madina – ravzayi poki rasululloga hijrat qil.
Hama shugʻl ayladi holo zino birlan sharoratga,
Xudoga bandaman, derlar boʻyun sunmay ibodatga,
Kerak hijrat qilish paygʻambarim yotgan viloyatga,
Yaqin turmoq uchun yetgay qiyomatda shafoatga,
Olib ahlu ayoling, emdi Baytulloga hijrat qil,
Madina – ravzayi poki rasululloga hijrat qil.
Saydu xoja, mullo, yaxshilarga zarra hurmat yoʻq,
Faqirlarning dilida zarracha sabru qanoat yoʻq
Ki, ustoz birla shogird ham muriddin pirga xizmat yoʻq,
Nechuk hikmat, Haziniy, xonzqolar ichra suhbat yoʻq,
Olib ahlu ayoling, emdi Baytulloga hijrat qil,
Madina – ravzayi poki rasululloga hijrat qil.
* * *
Gunohimni, xudoyo, roʻzi mahsharda hisob etma,
Juhudu gabru tarsolar qatorida azob etma,
Jahannam otashigʻa kuydurub, jismim kabob etma,
Sango qildim tazarruʼ, noumid aylab itob etma,
Uzing rahm aylagil, Fargʻonani zeri turob etma,
Bu dorul-mulkni Toshkand, Andijon yangligʻ xarob etma.
Tufayli hazrati Shohi Jalil – avlodi paygʻambar,
Abu Bakru Umar, Usmon, bahaqqi soqiyi kavsar,
Shafiʼ qildim ikki shahzodani, qahr etmagil yaksar,
Gʻazab qilgʻaymukin bizlarni ham, chun barchamiz muztar,
Uzing rahm aylagil, Fargʻonani zeri turob etma,
Bu dorul-mulkni Toshkand, Andijon yangligʻ xarob etma.
Ki, sandin qoʻrqmayin bir necha odam haddidin oshti,
Ziroat oʻrnigʻa el maʼsiyatlar tuxmini sochti,
Gunah daryosi mavj urdi, jahon ichra toʻlub toshti,
Balo boshigʻa kelgʻuncha xaloyiq turfa koʻp shoshti,
Uzing rahm aylagil, Fargʻonani zeri turob etma,
Bu dorul-mulkni Toshkand, Andijon yangligʻ xarob etma.
Xatosi haddin oshtiki, Lut qavmini yer yutti,
Ushal Nuhi nabini ummati toʻfon bila ketti,
Muhammad ummatigʻa bu alomat feʼlidin yetti,
Guno. xi koʻpligidin xolnqim bu yerni tebratti,
Uzing rahm aylagil, Fargʻonani zeri turob etma,
Bu dorul-mulkni Toshkand, Andijon yangligʻ xarob etma.
Koʻrub mundogʻ alomatni, gʻaniylarda saxovat yoʻq,
Faqirlarni dilida zarracha sabru qanoat yoʻq,
Zamona shayxlarida xolisanlillah ibodat yoʻq,
Riyo toat qilur xalq ichra, xilvatda riyozat yoʻq,
Uzing rahm aylagil, Fargʻonani zeri turob etma,
Bu dorul-mulkin Toshkand, Andijon yangligʻ xarob etma.
Yaratting kulli ashyoni oʻzing bir “kof”u “nun” birlon
Ki, harna aylamoqligʻ qudratingni oldida oson,
Gʻazab qilsang, qilursan barchasini yer bila yakson
Ki, Sattor ul-uyub isming, shafiʼ ettim bukun, Rahmon,
Uzing rahm aylagil, Fargʻonani zeri turob etma,
Bu dorul-mulkni Toshkand, Andijon yangligʻ xarob etma.
Habibing hurmatidin ummatin kechgil gunosini,
Uzing avf etmasang, mushkul erur qilgʻon xatosini,
Talab qilgʻon gadoga dargahingdin muddaosini,
Xudovano, qabul etgil Haziniy iltijosini,
Uzing rahm aylagil, Fargʻonani zeri turob etma,
Bu dorul-mulkni Toshkand, Andijon yangligʻ xarob etma.
* * *
Bu foniy dunyodin jumla payambar ketti, kim qoldi,
Xususan ul Muhammad toji mahshar ketti, kim qoldi,
Shafoatxohimiz olamga sarvar ketti, kim qoldi,
Abu Bakru Umar, Usmonu Haydar ketti, kim qoldi,
Hasan birla Husayn xunin jigarlar ketti, kim qoldi,
Hama labtashnaga soqiyi kavsar ketti, kim qoldi.
Hamisha ostoni hazratimgʻa boshini urgan,
Tunu kun xizmat aylab, jonu dilni haqqa topshurgan,
Nabiynoni muborak yuzlarini doimo koʻrgan,
Rikob ushlab gʻazoda, Shohimardon yonida turgan,
Alini chokari, dunyoda Qanbar ketti, kim qoldi,
Ochibon bobi Xaybar, sheri safdar ketti, kim qoldi.
Koʻring Aflotuni olamni ilmin aylagan tasxir,
Arastu birla Suqrotu Sulaymon – shohi olamgir,
Hazoron umr koʻrgan Zolu Luqmon ketti betaʼxir,
Ulumgʻa qilmadilar shuncha hikmatlar bila tadbir,
Dogʻi Noʻshiravon, Jamhuri Ozar ketti, kim qoldi,
Amir Hamza bila necha dilovar ketti, kim qoldi.
Asar bormu oʻshal Nuhi nabi, Ayyubi donodin,
Xudodin roz eshitgan qoʻhi Tur ustida Musodin,
Nafas taʼsir qilgʻon murdaga Iso – Masihodin,
Jahon, olamga shuhrat hazrati Yusuf, Zulayhodin,
Ushal Odam ato, Havvoyn modar ketti, kim qoldi,
Yana Rustam bila Doro, Skandar ketti, kim qoldi.
Ajal ilgida ketti, qolmadi ul shohi din Adham,
Chin oshiq erdilar Farhodu Shirin, Layli, Majnun ham,
Adam boʻlgʻay axiri hashr boʻlsa, oy bila kun ham,
Valekin neku badni qabr ichidin chiqmagʻay un ham,
Sahoba tobeʼin Sultoni Sanjar ketti, kim qoldi,
Jahon gulzoridin gul to sanubar ketti, kim qoldi.
Yetib dastn ani Urganju Mavru toki Isfihon,
Olur boju xiroj Chin, Shomu Qobul toki Hindiston,
Farangu anglis ovozasidin qoʻrqushub soʻzon,
Qolurmu bu jahon ichra ajalni dastidin bir jon,
Shahanshohu salotin haftkishvar ketti, kim qoldi,
Buxoro mulkidin Sulton Muzaffar ketti, kim qoldi.
Qachon Fargʻonada xonlar elidin Mallaxon oʻldi,
Alardin soʻng qochib baʼzi, shariat, din yamon oʻldi,
Koʻringkim, bir-birini qatl etargʻa pahlavon boʻldi,
Haziniy, yaxshilar toqat qilolmay benishon boʻldi,
Alimquldek bahodur shohi lashkar ketti, kim qoldi,
Shahodat orzusin etgan askar ketti, kim qoldi.
https://saviya.uz/ijod/nazm/gamguzore-bul-jahon-bir-bir-ketarni-oylasun/