DO`STLARGA ULASHING:
?Furadonin tabletka — siydik yo’llari infeksiyasiga qarshi samarali antibiotik vosita.
?50 mg va 100 mg dozada chiqadi .
#Furadonin tabletka
#Фурадонин таблетка
?Dori shakli ?
Tabletka
?Tarkibi : ?
1 ta tabletka o’z tarkibida nitrofuran moddasini saqlaydi 50 mg yoki 100 mg dozada.
?Ta’sir qilishiga ko’ra ?
Mikrobga qarshi vosita. Sistitga qarshi samarali ta’sir ga ega. Kuchli antibiotik.
?QO’LLANILISHI ?
— Siydik yo’llari infeksiyalarida
— Sistit da,
— Uretritda
— Piyelonefritda
— Urologik operatsiyadan oldingi holatlarda profilaktika maqsadida.
— Siydik yo’llari infeksion yallig’lanish kasalliklarida
?QABUL QILISH USULI ?
Furadoninni ovqarlanish vaqtida yoki ovqatlanishdan oldin qabul qilsa bo’ladi. Sutkasiga 3 -4 tabletkagacha qabul qilish mumkin.
6 yoshdan katta bolalarda kuniga 1 ta tabletka buyuriladi. Siydik yo’li infeksiyalarida va shu preparatni qabul qilishga ehtiyoj tug’ilsa.
?NOJO’YA TA’SIRI ?
— Ko’ngil aynish , qusish
— Qorinda og’riq
— Ishtaha pasayishi , diareya
— O’t ajralishi susayishi
— Ishtaha pasayishi
— Bosh aylanishi, bosh og’rig’i
— Uyquchanlik
— Anemiya
— Terida toshma , teri qichishi
— Ko’p miqdorda qabul qilinganda disbakterioz ya’ni ichak mikroflorasining buzilishi kuzatilishi mumkin.
?QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR ?
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Buyrak yetishmovchiligida
— Oliguriyada ( siydikning juda kam ajralishi ).
— 6 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas.
— Homiladorlik va emizish davrida.
— Anemiya da ( kamqonlikda)
— Jigar sirrozida, surunkali gepatitda
— Surunkali og’ir yurak yetishmovchiligida.
— O’tkir porfiriyada
— Yiringli paranefritda
— Prostatitda
?ESLATMA 😕
?Dorixonadan furadonin so’raganimizda dozasini hech kim aytmaydi. Furadonin 50 mg va 100 mg dozada chiqadi.
?Yana bir qiziq ma’lumot — furadonin va furazolidon preparatlari furatsilindan 20 — 30 barobar kuchli antibiotik hisoblanadi.
?Qo’llash — retseptsiz
?Ishlab chiqaruvchi — Rossiya, Belarus