FUMAROLLAR

FUMAROLLAR (ital. Fumarola) — Yer qaʼridan qaynoq vulkan gazlari hamda suyuq holatga aylangan suv bugʻlari oqib chiqadigan yoriq va teshiklar. Magmadan ajralib chiqqan qaynoq gazlar (N2O, HCL, HF, SO2, CO2, CO, H2S va b.) birlamchi, hali sovib ulgurmagan lava okimlari va piroklastik yotqiziqlardan chiqqan gazlar i k kilamchi Fumarollarlar deyiladi. Fumarollar kraterlarda, vulkanning yuqori va pastki qismlarida boʻladi. Fumarollardan gazlarning chikishi bosim ostida sodir bulib, ovoz chiqarib turadi. t-ra pasayishi b-n suv bugʻlari suyuq holatga aylanadi; termodinamik sharoitga bogʻliq holda, unda birgalikda ajralayotgan baʼzi gazlar hamda yonatrofdagi jinslar bilan reaksiyaga kirishish natijasida hosil boʻladigan va Yer yuzasiga kutarilayotganda birga olib chiqilgan gaz va moddalar eriydi, harakatdagi vulkanlar rnida gidrotermal eritmalar hosil boʻladi. Dengiz ostida vulkanik gazlarining otilib chikishi suv osti Fumarollar deyiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x