FTABATEY SIMEY (taxallusi; asl ismsharifi Xasegava Tatsunoske) (1864.28.2, Tokio 1909.10.5, Singapur) — yapon yozuvchisi. Yapon tanqidiy realizmi va hoz. yapon adabiy tili asoschisi. Tokio chet tillar intining rus boʻlimida oʻqigan. Ftabatey Simey ijodiga rus adabiyoti katta taʼsir koʻrsatgan. «Romanning umumiy nazariyasi» (1886) asarida Ftabatey Simeyning sanʼat mohiyatiga, adabiyotning ijodiy metodi boʻlmish realizmga qarashlari bayon etilgan. «Suzayotgan budut» (1887— 88) romanida yangi burjua voqeligidan koʻngli qolgan «ortiqcha kishi» obrazi tasvirlangan. «Uning qiyofasi» (1907), «Oddiy odam» (1907) kabi romanlari xam bor.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые