FREZA

FREZA (frans. fraise) — metall va metallmas materiallardan tayyorlangan zagotovkalarning yuzalariga ishlov berish, ularda tish, rezba oʻyish va b. uchun moʻljallangan koʻp tigʻli kesuvchi asbob. Tishlar oʻyilgan sirtining shakliga qarab, silindrik, diskli, burchakli, tores, shakldor; tishining shakliga qarab, toʻgʻri, vintli, koʻp tomonlama tishli; tishlarining tuzilishiga qarab, oʻtkir, qatorli; yaxlit, tarkibiy, komplekt, yigʻma; mahkamlanishiga qarab, oʻtqaziladigan, konussimon va silindrik dumli; vint arikchalarining yoʻnalittga boʻyicha chap va oʻng ariqchali xillarga boʻlinadi. Freza legirlangan poʻlat, tez kesar poʻlat, asbobsozlik poʻlatidan tayyorlanadi.

Freza bilan frezalashda freza aylanma, ishlov beriladigan zagotovka ilgarilama harakat kiladi. Frezalashning xomaki va tozalab frezalash usullari bor. Xomaki frezalashda Frezaning aylanishi surish yoʻnalishiga teskari, tozalab frezalashda bir xilda boʻladi. Frezalash ishlari frezalash stanogida bajariladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x