FRAKIYALIKLAR

FRAKIYALIKLAR — qad. da Bolqon ya. o. ning shim. sharqida hamda Kichik Osiyoning shim. gʻarbida yashagan hindevropa guruhiga mansub qabilalar (daklar, getlar, besslar, odrislar, triballar va b.)ning umumiy nomi. Dastlab, F. Adriatika dengizigacha boʻlgan hududni band etgan, lekin mil. av. taxm. 13-a. da illiriylar tomonidan Sharqqa siqib chiqarilgan. Frakiyaliklar dehqonchilik, chorvachilik (asosan, yilqichilik) va kulolchilik bilan shugʻullangan, kon sanoati va metallni qayta ishlash rivojlangan.

Egey va Qora dengizlari boʻylaridagi Frakiyaliklar joylashgan hududda 8—7-a. larda yunonlarning koloniyalari vujudga kelgan. F. Xalslarning buyuk koʻchishi davrida boshqa qabilalar bilan aralashib, hoz. xalqlar (bolgarlar, ruminlar va b.)ning shakllanishida muhim rol oʻynagan. Frakiyaliklar sanʼati (mil. av. 2ming yillik oxiri — 1ming yillik boshi)ga doir koʻplab nodir obidalar saqlanib qolgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x