FOTOTROPIZM (foto… va yun. tropos — burilish) — oʻsimlik oʻsish organlarining yorugʻlik nuri yoʻnalishiga yoki teskari tomonga harakatlanishi. Musbat va manfiy Fototropizm anikdangan: oʻsimlik organlarining yorugʻlik manbai tomonga qarab burilishi musbat, yorugʻlik manbaidan teskari tomonga qarab burilishi manfiy Fototropizm boʻladi. Fototropizm, asosan, oʻsimlikning yer usti organlari uchun xos. Mutlaqo yorugʻlik boʻlmagan tuproq ostida oʻsadigan organlar (ildiz va ildizpoyalar) yorugʻlikdan taʼsirlanmaydi. Oʻsimliklarning musbat yoki manfiy burilish xususiyati yorugʻlik kuchiga bogʻliq. Oʻsimlik bitta organining oʻzi yorugʻlik kuchsiz boʻlganda musbat Fototropizm xususiyatiga ega boʻlsa, kuchli yorugʻlikda manfiy boʻladi; oʻrtacha yorugʻlikda esa oʻsimlik yorugʻlikdan butunlay taʼsirlanmaydi. Bir tomonlama tushgan yorugʻlikka taʼsirlanish xususiyati har xil oʻsimliklarda turlicha boʻladi. Oʻsimlik hayotida Fototropizm juda katta ahamiyatga ega. Oʻsimliklar yorugʻlikka yuqori darajada sezgirligi tufayli urugʻ chuqur ekilishiga karamay, niholning uchki qismi tuproqdan yuqoriga chiqadi. Fototropizm jarayonini soya joylarda va xona ichida ochiq joylarga qaraganda aniqroq sezish mumkin. Bunga bir meʼyorda tushadigan yorugʻlikda oʻsimliklarda fototropik sezgirlikning pasayishi, kun davomida quyosh yorugʻligi oʻzining yoʻnalishini uzluksiz ravishda oʻzgartirib turishi sabab boʻladi. Baʼzi oʻsimliklar yorutlik yoʻnalishining oʻzgarib turishiga juda tez javob qaytaradi. Mas, kungaboqar va ittikanak oʻz rivojlanishining maʼlum davrlarida quyosh nuri ogʻadigan tomonga buriladi.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии