FOTOREZISTOR

FOTOREZISTOR (foto va rezistor) — elektr qarshiligi yoritilganligiga bogʻliq boʻlgan yarimoʻtkazgichli rezistor; optoelektronika asbobi. Fotorezistorning asosiy qismi dielektrik asosga surilgan yorugʻlik sezgir yarimoʻtkazgich qatlami (qoʻrgʻoshin yoki kadmiy sulfidlari, kadmiy selenidi va b.) yoki yarimoʻtkazgich plastinkasi. Qatlam (plastinka)ga tok oʻtkazuvchi kontakt (elektrod) lar joylashtiriladi. Namlik va b. taʼsirlardan sakdash uchun Fotorezistor maxsus qoplamaga olinadi yoki germetiklanadi. Fotorezistor larning solishtirma integral sezgirligi ancha katta, biroq ular nisbatan inersion, yorugʻlik koʻrsatkichlari chizikli boʻlmaydi. Fotorezistorlar infraqizil, koʻrinuvchi, ultrabinafsha, rentgen va gamma nurlanishlarning intensivligini oʻlchashda, fototelegraf alokada, tovush eshittirish qurilmalari, kuzatuvchi tizimlar, yorugʻlik relelari va b. da qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x