FOTOOʻTKAZUVCHANLIK

FOTOOʻTKAZUVCHANLIK, foto re zistiv effekt — elektromagnit nurlanish taʼsirida yarimoʻtkazgichlarning elektr oʻtkazuvchanligi ortishi. Fotooʻtkazuvchanlikni birinchi boʻlib 1873-y. da amerikalik fizik U. Smit selenda kuzatgan. Odatda, Fotooʻtkazuvchanlik yoruglik taʼsirida tok tashuvchilar konsentratsiyasining ortishi tufayli yuzaga keladi (konsentratsiyey Fotooʻtkazuvchanlik). U bir necha jarayon xisobiga hosil boʻladi: fotonlar elektronlarni valent zonadan «yulib» olib, utkazuvchanlik zonasiga «otadi», bunda bir vaqtning oʻzida utkazuvchanlik elektronlari va kovaklar soni ortadi (xususiy Fotooʻtkazuvchanlik); elektronlar valent zonadan boʻsh aralashma sathiga oʻtadi — kovaklar soni ortadi (k o vakli Fotooʻtkazuvchanlik); elektronlar aralashma satxlaridan utkazuvchanlik zonasiga oʻtkaziladi (elektronli Fotooʻtkazuvchanlik). Konsentratsion Fotooʻtkazuvchanlik yetarlicha qisqa toʻlkinli nurlanish taʼsiridagina paydo boʻlishi mumkin, bunda fotonlarning energiyasi yoki man etilgan zona kengligidan (xususiy Fotooʻtkazuvchanlik holida), yoki zonalardan biri va aralashma satxi orasidagi masofadan (elektronli va kovakli Fotooʻtkazuvchanlik holida) katta boʻlishi kerak. Fotooʻtkazuvchanlikning tok tashuvchilar konsentratsiyasini oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlmagan turlari ham boʻlishi mumkin. Mac, erkin tok tashuvchilar uzun toʻlqinli elektromagnit toʻlqinlarni yutganda ularning energiyasi ortadi. Natijada ularning harakatchanligi va demak, elektr utkazuvchanlik ortadi (harakatchanlik Fotooʻtkazuvchanlik). F. ni oʻrganish — qattiqjismlarni tadqiq qilishning eng samarali usullaridan biridir. Fotooʻtkazuvchanlik hodisasidan fotorezistorlarni, nurlanishning sezgir va inersiyasi kichik qabul qiluvchilarini yaratishda foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x