FOTON AKSIYADORLIK JAMIYATI

«FOTON» AKSIYADORLIK JAMIYATIradioelektronika sanoatining yirik korxonasi. «Oʻzeltexsanoat» uyushmasi tarkibiga kiradi. Toshkent sh. da joylashgan. Radioelektronika asbobuskunalari va turli radioelektronika mahsulotlari ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan elektron texnika mahsulotlari, shu jumladan televizorlar, xotirali kassa apparatlari va b. xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqaradi, ularning ishlanmalarini yaratadi, 1941-y. da Fryazino sh. dan (Moskva viloyati) evakuatsiya qilingan «Radiolampa» elektrovakuum asboblari z-di negizida tashkil etilgan. Urush y. larida z-d mudofaa mahsulotlari ishlab chiqargan. 1966-y. dan Toshkent elektron texnika z-di deb nomlangan. 1976-y. da korxona va uning filiallari negizida «Foton» i. ch. birlashmasi tashkil etildi. 1995-y. dan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. Korxonada oʻtgan asrning 50—80-y. larida mudofaa sanoati ahamiyatidagi qabul qilgichkuchaytirgich lampalari, generator lampalari, gazotronlar, kenotronlar — yuqori voltli toʻgʻrilagichlar, qotishmalar texnologiyasi boʻyicha yarimoʻtkazgichli priborlar, bipolyar texnologiyalar asosida qattiq jinsli integral mikrosxemalar (15 tipdan koʻproq) ishlab chiqarildi.

90-y. lar boshidan korxonada i. ch. yoʻnalishlari qayta tashkil qilindi. 1994-y. da Ukraina («Vesna») va 1997-y. da Yaponiya (Sony) firmalari bilan hamkorlikda oqqora va rangli televizorlar, 1995-y. dan xotirali kassa apparatlarini i. ch. oʻzlashtirildi.

Mahsulotlari, ayniqsa, yarimoʻtkazgichli priborlar «FotonR» savdo uyi orqali Rossiyaga eksport qilinadi. Umumiy i. ch. hajmida eksport hissasi 55%ni tashkil etadi (2003).

Maʼruf Saidumarov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x