FOTOBIOLOGIYA

FOTOBIOLOGIYA (foto… va biologiya) — ultrabinafsha va infraqizil nurlar taʼsirida organizmlarda sodir boʻladigan jarayonlarni oʻrganadigan fan; biol. ningbirboʻlimi. Fotobiologiyaga 18—19a. larda asos solingan. Uning paydo boʻlishi fotosintezning kashf etilishi, rangli koʻrish jarayonining asoslab berilishi, yorugʻlik ishtirokida sodir boʻladigan tabiiy hodisalar (fotoperiodizm, fototaksis va b.) ning aniqlanishi b-n bogʻliq. Lekin Fotobiologiya mustaqil fan sifatida 20-a. ning 2yarmida nurlanish kvant taʼlimotining ishlab chiqilishi, shuningdek, biokimyo, biofizika va fiziologiyaning rivojlanishi bilan bogʻliq. Fotobiologiyaning vazifasi yorugʻlik kvantlari energiyasining kimyoviy boglar va biologik membranalardagi elektr potensial energiyasiga aylanishini xamda fotobiologik jarayonlarda fotokimyoviy va qorongʻilik fermentativ fazalarining oʻzaro bogʻlanishini aniklash, fotoretseptorlar va ular funksiyasining molekulyar asoslarini oʻrganish hamda fotobiologik jarayonlarning samaradorligi sabablarini koʻrsatib berishdan iborat.

Fotobiologiya sohasidagi tadqiqotlar q. x. oʻsimliklarining hosildorligini oshirish, quyosh nuridan foydalanish, fotobiologik hodisalar prinsiplari asosida sunʼiy sistemalar yaratish, lazer nurlaridan biol., fototerapiya va xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlarida amaliy foydalanishga oid.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x