FOTIHA

FOTIHA (arab. — ochmoq, boshlamoq) — 1) Qurʼonning birinchi (boshlangʻich) surasi nomi. Fotiha 7 oya/idan iborat boʻlib, unda Alloh taologa hamd, uning sifatlari, qiyomat kuni egasi ekanligi, ibodat, ixlos, duo, yolvorish, yaxshi ummatlarning zikri va yomon yoʻldan yurganlarning oqibati nima boʻlishi bayon qilingan;

2) biron voqea munosabati bilan oʻqiladigan duo, Qurʼonning ayrim qisqa suralaridan birini tilovat qilish. Islom anʼanasida Fotiha — marhumning vafoti munosabati bilan oila aʼzolariga biddirilgan taʼziya. Bundan tashqari, «Fotiha» soʻzi unashtirish tushunchasini, shuningdek, yaxshi tilak tilash, tabriklash kabi koʻchma maʼnolarni ham anglatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x