FOSGEN

FOSGEN, karbonat kislota dixl orangidrid i , SOS12 — chirigan pichan hidi keladigan rangeiz gaz. Mol. m. 96,92. Suyuqlanish trasi — 188°, qaynash trasi 8,2°; bugʻlarining havoga nisbatan zichligi 3,5; suvda oz, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Gazsimon Fosgen xdvo nami taʼsirida sekin, suvda esa tez gidrolizlanadi. Fosgen SO ga S12 (faollangan kumir ishtirokida) taʼsir ettirib olinadi.

Fosgen — juda zaharli modda, nafas yoʻllariga kuchli taʼsir etadi. Fosgen taʼsir etganda gaz almashinuvi buziladi, kislorod yetishmaydi, qon quyuklashadi va iviydi, qon aylanishi qiyinlashadi. Kuchsiz zaharlanganda bronxlar zararlanadi, kuchli zaharlanganda nervpsixik zararlanish ham roʻy beradi.

Birinchi jahon urushida (1914—18) Fosgen boʻgʻuvchi zaharlovchi moddalar sifatida ishlatilgan. 0,005 mg/l F. xavfli; 0,1—0,3 mg/l F. 15 minutda odamni oʻldiradi. Fosgendan saklanish uchun protivogaz kiyish kerak.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x