FOSFORBAKTERIN

FOSFORBAKTERIN — bakterial oʻgʻit; tarkibida fosfororganik birikmalarni oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan shaklga oʻtkazish krbiliyatiga ega boʻlgan mikroorganizmlar sporasi bor. F. yuqtirilgan urugʻlik bilan tuproqqa kirgan bakteriyalar oʻsimlikning ildiz atrofida rivojlanadi. Fosforbakterin suyuq yoki quruq holda boʻladi. Ekish oldidan 1 ga maydonga ekiladigan uruglikka 100 ml suyuq yoki 250 g kukunli Fosforbakterin sarflanadi. Meva daraxtlari koʻchatlarini oʻtqazishda 10—15 g kukunli Fosforbakterin 10—20 l suvda eritiladi va koʻchat uchun qazilgan chuqurga ozozdan quyiladi yoki koʻchat ekilganidan keyin tuproq yuziga sepiladi va tuproq yumshatib qoʻyiladi. Fosforbakterin organik moddalarga boy, unumdor tuproklarda yaxshi samara beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x