FOSFOLIPIDLAR

FOSFOLIPIDLAR, fosfatidlar — murakkab lipidlar, molekulalarida fosfat kislota qoldiqlari boʻladi. Fosfolipidlar tarkibiga glitserin, yogʻ kislotalari, aldegidlar va azotli birikmalar (xolin, etanolamin, serii) kiradi. Glitserofosfatidlar [fosfatidilxolin (letsitin), fosfatidiletanolamin (kefalin), fosfatidilserin, fosfatidilinozit, kardiolipin] va fosfosfingolipidlar — fingomiyelinlar Fosfolipidlarning muhim vakillari.

Fosfolipidlar tabiatda keng tarqalgan. Asosiy struktura komponentlari sifatida hayvonlar, oʻsimliklar va mikroorganizmlar xujayra membranalari tarkibiga kiradi. Oqsillar bilan lipoprotein komplekslar hosil qiladi.

Fosfolipidlardan tashqari fosfonolipidl a r ham maʼlum, bularda fosfor atomi azot asosiga (xolin va etanolaminga) R—S kovalent bogʻ orqali birikkan. Bu birikmalar mollyuskalar va bakteriyalarda topilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x