FOSFIDLAR

FOSFIDLAR — fosforning metallar, shuningdek, fosforga nisbatan elektr musbat metallmaslar (V, Si, As va b.) bilan boʻlgan birikmalari. Ishqrriy va ishqoriyer metallarning Fosfidlari suvda va suyultirilgan kislotalarda parchalanib fosfin ajratib chiqaradi. Ishqoriyer metallarning va mis guruhchasidagi metallarning Fosfidlar issiqqa chidamsiz; bu xil Fosfidlar tarkibida nisbatan koʻproq fosfor tutganda yarimoʻtkazgich xossaga ega boʻladi. Oraliq metallar, lantanoid va aktinoidlar F. i kimyoviy barkaror, suv va suyultirilgan kislotalarda parchalanmaydi.

Fosfidlar elementlardan 600—1200° da vakuum ostida sintezlash natijasida yoki inert gazlar atmosferada hosil boʻladi; fosfinga metallar va metallmaslar yoki ularning oksidlarini taʼsir ettirib olinadi va h. k. Galliy Ga, indiy In va b. metallarning Fosfidlari yarimoʻtkazgichlar, pyx F. i kemiruvchilarga qarshi zaharli dori sifatida qoʻllanadi. Fosfidlar baʼzi rangli metallar krtishmalarining antifriksion xossalarini yaxshilash maqsadida ularning tarkibiga qoʻshiladi. Pirotexnikada signal vositasi sifatida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x