FOS

FOS, Fes — Marokashning shim. gʻarbiy qismidagi shahar. Fos viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 772 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Savdotransport markazi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Muhim sanoat markazlaridan. Toʻqimachilik, oziqovqat, yogʻochsozlik, kimyo sanoatlari rivojlangan. Stanoksozlik z-di bor. Hunarmandchilikda mato toʻqiladi, sopol idishlar va teridan turli buyumlar tayyorlanadi. Mamlakatning madaniytarixiy markazi. Magʻribning diniy markazlaridan biri. Mashhur Karauin musulmon un-ti (859.), Marokash sanʼati muzeyi bor. Shaharga ilk bor 8-a. da asos solingan boʻlib, 3 qismdan iborat: Fos alBali (eski Fos, 789-y. da Idrosi I asos solgan), Fos alJadid (yangi Fos, 1276-y. da kurila boshlagan) va 1916-y. dan keyin qurilgan zamonaviy shahar.

Shahar 9 — 10-a. larda Idrisiylar davlati markazi boʻlgan. 13—15-a. larda Mariniylar davlati, 14-a. dan Magribning siyosiy markazi. 1911-y. da Fosni fransuzlar bosib olgan. 1956-y. dan Marokash mustaqillikka erishgach, Fos tez rivojlana boshladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x