FONOGRAMMA

FONOGRAMMA (yun. phone — tovush va gramma) — maxsus texnik vosita (fonograf, magnitofon, raqamli rekorder kabi)lar yordamida yozilgan tovush sadolari yigʻindisi. Tayyorlanish usuli (mexanik, foto, elektromagnit, elektronraqamli va b.)ga koʻra turli shakllarda namoyon boʻladi: grammofon plastinkasi, magnit tasma, kinotasma, trek, elektron fayl va b. Yozish jarayoni xususiyatlariga binoan mono, stereo, kvadro va b. turlari ajratiladi. Fonogramma, odatda, maxsus ovoz yozish studiyasi hamda kinostudiyalarda tayyorlanadi. Fonogramma yuqori akustik sifatlari, eng yaxshi ijrolarni tanlash hamda ulardan uzok, muddat mobaynida foydalanish imkoniyatlari tufayli radio (1940-y. lar oxiri), televideniye (1950-y. lardan), ommabop musiqa madaniyati (ayniqsa, popmusiqa)lan keng oʻrin olgan.

Oʻzbekistonda ovozli kino, radio va televideniye, gramplastinkaga ovoz yozish (Toshkent gramplastinka zavodi, 1945) tizimlari tashkil topishi Fonogramma tayyorlash jarayoniga asos soldi (ovoz rej. lari A. Timoxin, Yu. Salnikov va b.). 1962-y. dan N. Hasanov tashabbusi bilan stereo Fonogrammalar tayyorlana boshlandi («Shashmaqom» yozuvlari va b.). Keyinchalik A. Tojiyev, R. Umarxoʻjayev, V. Gushchinlar va keyingi yillarda «Mustaqillik», «Navroʻz» kabi davlat bayramlari, yirik shoukonsertlar uchun sifatli Fonogrammalarni tayyorlashda I. Iosis, I. Minichlar alohida xizmat koʻrsatdilar. Ayni paytda, Oʻzbekistonda Fonogrammalar ochiq konsert va turli marosimlarda odat tusini olib, jonli ijrolar kamayib ketishi, musiqiy ijod jarayoniga muayyan (ayniqsa, Gʻarb popmusiqasiga oid) uslubiy qoliplarning singdirishiga sabab boʻlmokda.

Muhiddin Nosirov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x