FOLLIKULALAR

FOLLIKULALAR (lot. folliculus xaltacha) — hayvonlarning turli organlarida joylashgan yumshoq, oval yoki noksimon koʻp qavatli kovak tuzilmalar; har xil funksiyani bajaradi. Sut emizuvchilar tuxumdonidagi Follikulalarda tuxum hujayra yetiladi. Qalqonsimon bez F. ida tireoid gormonlar sintezlanishi uchun lozim boʻlgan sekret ishlab chiqariladi. Soch follikulasi (soch xaltasi) ga yogʻ bezlarining chiqarish yoʻli ochiladi. Ovqat hazm qilish, nafas olish, ayirish organlari shilimshiq qavatlarida juda koʻp Follikulalar joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x