FLYUSLAR

FLYUSLAR (nem. Flub — oqim) (m ye tallurgiyada) — metallarning kavsharlanadigan yoki payvandlanadigan sirtida hosil boʻluvchi oksidlarni eritib yuborish, shlak hosil qilish, metall tarkibini kerakligicha oʻzgartirish uchun moʻljallangan material. Asosli (ohak, dolomit, pirit qoldigʻi, kalsiy, soda va b.), kislotali (kvars, qum,. qumtuproqli chaqmoqtosh) va neytral (boksit, plavik shpati va b.) xillari bor. Metallarni kavsharlash va payvandlashda Flyuslar sifatida kanifol, rux xlorid, ammoniy xlorid va b. ishlatiladi. Rangli metallar va qotishmalarni oksidlanishdan saklashda ishqorli va ishkrrliyer metallar (tosh tuz, silvinit, kornallit, bura va b.) xloridlari va ftoridlaridan foydalaniladi. Yoyli elektr payvandlash ishlari bevosita maxsus tayyorlangan Flyuslar ostida bajariladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x