FLOTILIYA (frans.) — 1) harbiydengiz floti (harbiydengiz kuchlari)ning operativ birlashmasi yoki yirik qoʻshilmasi. Dengiz, dare, koʻl F. lari mavjud; alohida yoki biror flot tarkibiga kirishi mumkin.
2) ov qiluvchi, ekspeditsiya yoki sport kemalari qoʻshilmasi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qilish qoʻmitasi tarkibida Amudaryo F. si bor.