FLOGOPIT

FLOGOPIT (yun. phlogopos — olov rangli, qizgʻish) — varaqsimon silikatlar sinfiga mansub mineral, biotit — F. izomorf katoridagi magnezial kam temirli slyuda (Mg/Fe>2). Kimyoviy tarkibi (KMg, Fe)3[AlSi3Ol0] (ON, F)2; aralashma holida Na2O (8% gacha), TiO2 (9% gacha), MnO (18% gacha — manganofillit), shuningdek, Rb, Cs, Va va b. boʻladi. Monoklin singoniyada kristallanadi. Agregatlari varaqsimon, plastinkasimon, tangasimon. Temirsiz Flogopit rangeiz, temirlisi koʻk, qizgishqoʻngʻir. Qattikligi 2 — 2,5; zichligi 2,8—3,0 g/ sm3. Metamorfik jinslarning keng tarqalgan minerali, nurash jarayenida vermikulitga aylanadi. Pnevmatolitlar va kontakt metasomatik togʻ jinslarida, kristalli slaneslarda, ohaktosh va dolomitlarda uchraydi. Sanoat ahamiyatidagi konlari magnezial jinslar bilan alyuminiykremnezemli jinslar kontaktida metasomatoz jarayenida hosil boʻladi. Flogopit — elektroizolyatsion material, u sunʼiy yoʻl bilan ham olinadi. Flogopitdan elektrotexnikada elektroizolyatsion qistirmalar tayyorlash, sanoat pechlarining koʻrish oynalarini yasash, elektron asboblar detallarini tayyorlashda va rezina sanoatida toʻldirgich sifatida foydalaniladi. Konlari Sibir, Kanada sharqi, Madagaskar o., Kola ya. o., Braziliya va AQSHda mavjud. Oʻzbekistonda Qurama, Chatqol, Kuljuktogʻ togʻlarida uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x