FLORENSIYA UNIVERSITETI

FLORENSIYA UNIVERSITETIItaliya va Yevropadagi qadimgi untlardan biri. 1321-y. Florensiya respublikasi mablagʻi hisobiga tashkil etilgan. 1472-y. un-t Piza sh. ga koʻchirildi. Florensiyada filol., falsafa, teologiya kafedralari qoldi; keyinchalik bu yerda mat., astronomiya, fizika, zool., botanika, mineralogiya kafedralari tuzildi. Florensiya universitetida mashhur italyan olimlari A. Politsiano, L. Pacholi, A. Chezalpino, E. Torrichelli, F. Redi dare bergan. G. Galiley «untning birinchi matematigi» unvoniga sazovor boʻlgan. 1859 yil un-t Oliy amaliy tadqiqotlar va takomillashtirish intiga aylantirilgan; 1924-y. dan yana F. u. Unt yuridik, siyosiy, texnika, tabiiy fanlar, iqtisodiyot va tijorat, adabiyot va falsafa, ped., tibbiyot, meʼmorlik, q. x. va oʻrmonchilik boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Markaziy milliy kutubxona (1747-y. tashkil etilgan, 4 mln. dan ortiq asar) va Maruchelli kutubxonasi (1752-y. asos solingan, 0,5 mln. ga yaqin qad. qoʻlyozma va nashrlar)ni birlashtirgan kutubxonasi bor. 40 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x