FLEKSURA

FLEKSURA (lot. fl exura — egilish, bukilish) — monoklinal togʻ jinslari qatlamlarining «tirsak» yoki «zinapoya»simon egilishi natijasida hosil boʻlgan tektonik struktura. F. ning koʻtarilgan yoki botgan ikki qanoti qiya yoki deyarli gorizontal yotgan boʻlib, birbiri bilan qatlamlarning vertikal enkayishi orqali birlashadi. Koʻtarilgan va botgan kanotlari orasidagi vertikal masofa F. amplitudasi deb ataladi. Fleksuraning koʻtarilgan qanotlarida koʻpincha gumbazsimon strukturalar zanjiri joylashadi. Qanotlarning yotishiga qarab oddiy, yoʻlyoʻlakay, qaramaqarshi; egilish sharnirlarining qiyaligiga qarab Fleksura oʻlchami 1 m dan bir necha km gacha, qanotlarning qiyaligi — arang sezilarlidan vertikalgacha boʻladi. Fleksura platformalarda va burmalangan oblastlarda tarqalgan. Ayniqsa, yirik Fleksuralar platforma chekkalarida va sineklizaning bortlarida uchraydi. Ularning baʼzilari choʻkindi hosil boʻlishi jarayoniga taʼsir koʻrsatib, fatsiyalarning taqsimlanishini va choʻkindi qatlamlarning qalinligini belgilaydi. Baʼzida Fleksuralar bilan neft va gaz konlari bogʻliq boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x