FIZIK DOIMIYLAR

FIZIK DOIMIYLAR, fizik konstantalar — fizik krnunlarning tenglamalariga kiradigan sonli koeffitsiyentlar. Fizik doimiylar larga yorugʻlik tezligi, elektron zaryadi, Plank, Avogadro, Faradey doimiylari va h. k. kiradi. Fizik doimiylar qatoriga mustaqil doimiylar ham, ularning kombinatsiyalari (mas, Faradey, Bolsman, StefanBolsman doimiylari) ham kirishi mumkin. Fizik doimiylarning son qiymatlari eksperimentlar asosida topiladi va biror birliklar tizimida ifodalanadi. Fizik eksperimentlar texnikasi va fizik nazariyalar rivojlanishi bilan Fizik doimiylarning qiymatlari aniqlashib boradi. Hoz. zamon fizikasi va texnikasidagi koʻpgina oʻlchashlar Fizik doimiylarning aniq qiymatlarini (mas, radiolokatsiyada yorugʻlik tezligini) bilishni taqozo qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x