FITOTRON

FITOTRON (fito… va throns — makon, turar joy) — oʻsimliklarni sunʼiy boshqariladigan sharoitlarda oʻstirishga moʻljallangan bino. Oddiy Fitotron vegetatsiya shkafidan, murakkabrogʻi vegetatsiya kamerasidan, mukammali koʻp kamerali (xonali) sunʼiy iklim styasidan iborat. Fitotronda hayot omillarini oʻzgartirish orqali oʻsimliklarda kechadigan jarayonlar yorugʻlik, tuproq va havo namligi, muhit harorati va b. omillarga bogʻliq holda yil boʻyi oʻrganiladi. Fitotronda turli iklimiy sharoitlarni qosil qilish, yiliga bir necha marta hosil olish bilan seleksiya va b. ilmiy tadqiqot jarayonlarini tezlashtirishga erishish mumkin.

Dastlab Fitotron 1949-y. da AQSH (Kaliforniya) da barpo etilgan. Uzbekistonda birinchi Fitotron 1987-y. da Oʻzbekiston gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi i. t. intida ishga tushirildi. Bu F. majmuining umumiy maydoni 22 ga, uning tarkibida maydoni 1500 m2 boʻlgan seleksion issiqxona; har birining maydoni 36 m2 boʻlgan 14 boks seleksiya issiqxonalari, reproduksion issiqxona (maydoni 2 ga); laboratoriyai. ch. korpusi va iklim kamerali zal va b. yordamchi inshootlar tarmogʻi bor.

Fitotronni yoritishda katta quvvatli isitish lampalari ishlatiladi. Fitotronning oʻsimliklar oʻsadigan zonasida havo harorati 18°—32° atrofida, havo namligi 60—75% ni tashkil etadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x