FISGARMONIYA

FISGARMONIYA (yun. physa dam, puflash va garmoniya) — klavishli damli musiqa cholgʻu asbobi. 1810-y. da G. J. Grenye (Parij) ixtiro qilgan. Shakli kichraytirilgan pianinota oʻxshash. Oyoq pedali bilan dam beriladi. Klavishlar bosilishi bilan klapanlar ochilib, maxsus kanallar orqali yuborilgan havo bosimi yordamida poʻlat tilchalar tebranib sado chiqaradi. 1—2 klaviatura (manual), 6 — 20 registrta ega. Diapazoni 5 oktavagacha boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x