FIRMA

FIRMA (ital. fi rma — imzo) — korxona, kompaniya, xoʻjalik va tijorat tashkilotlarining umumiy nomi. Xodimlar soni, mulk shakllari, huquqiy holati va b. ga koʻra xilma-xil Firmalar bor. F. larda band boʻlgan xodimlar soni 2—3 kishidan 20—30 ming kishigacha boʻlishi mumkin. Firmalar barcha mulk turlari negizida davlat, kooperativ, shirkat, jamoa tashkilotlari va maxalliy davlat idoralari, milliy va chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tashkil etiladi. Ular quyidagi turlarga ajratiladi: affilirlangan (qoʻshilgan) Firma — filial, shoʻba korxona shaklida yirikroq turdosh bosh korxona tarkibida faoliyat yuritadi; broker F. — tijorat maqsadlarini koʻzlaydigan va mijoz topshirigʻiga koʻra va uning hisobidan vositachi sifatida faoliyat yuritadi; venchur Firma — kichik yoki oʻrta investitsion Firma hisoblanib, i. t. lar va muhandislik ishlanmalarini amalga oshiradi; investitsion Firma — investitsiyalash va qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarni oʻtkazadi; injiniring F. muhandislikmaslahat koʻrsatishga ixtisoslashadi; innovatsion Firma — F. ning i. t. ishlari natijalari bazasida yangi texnologiyalarni yaratish uchun barpo etiladi; konsalting F. — uning faoliyat sohasini maslahat xizmatlari koʻrsatish tashkil etadi; i. ch. F. si — aniq bir mahsulotni tayyorlash bilan shugullanadi; savdo F. si — savdovositachilik faoliyati bilan shugʻullanadi; rieltor Firma — koʻchmas mulk sohasidagi amallarda qatnashadi.

Hoz. iqtisodiy hayotda Firma larning asosiy qismi nisbatan kichik va mayda. Yirik Firmalar nisbatan mustahkam i. ch., texnologik va xom ashyo bazasiga ega boʻlib, xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etadi, oʻrtacha Firmalar kooperatsiyalangan hamda ixtisoslashgan qismlar va detallar i. ch. sohasida, shuningdek, umumiy texnologik va texnik infratuzilma sohasida faoliyat koʻrsatadi. Mayda Firmalar, asosan, tovarlar i. ch. va aholiga xizmat koʻrsatish bilan shugullanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida 236,4 mingga turli Firmalar faoliyat koʻrsatdi (2003).

Ahmadjon Oʻlmasov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x