FINIKIY YOZUVI

FINIKIY YOZUVI — mil. av. 2-ming yillik oʻrtalarida Finikiyada paydo boʻlgan hamda finikiyaliklar va karfagenliklar, qad. yahudiylar va moavliklar tomonidan mil. 4-a. gacha foydalanilgan konsonant harftovush yozuvi. Finikiy yozuvi ugarit yoʻzuvi yoki qad. arabiy (tamud, safati, lixyoni) alifbolar bilan birga rasmli qad. xanaan boʻgʻinlikonsonant yozuvidan kelib chiqqan boʻlsa kerak. Finikiy yozuvi dagi grafemalar soni (22 ta) asosiy manba yozuvdagiga (29—30 grafema) nisbatan kamaygan. Unda faqat undoshlargina ifodalangan, unlilar mutlaqo ifodalanmagan — F. yo. sof konsonant yozuv boʻlgan. Harflar muayyan qatʼiy ketmaketlikda joylashgan, yaʼni alifboni tashkil etgan. Har bir harf belgili nomga ega boʻlgan va nomlar ayni harf bildirgan tovush bilan boshlangan. Mas, b — «bet», d — «dalet», g — «gimel» va sh. k.

Finikiy yozuvi oʻngdan chapga qarab gorizontal holatda yozilgan. Bu yozuvning paydo boʻlishi insoniyat tarixida yozuvni takomillashtirishda olgʻa qoʻyilgan qadam boʻlgan, chunki birinchi marta sof tovush yozuvining, grafemalar soni aniq boʻlgan mukammal alifboning yuzaga kelishi jamiyatda yozuvni biladigan kishilar doirasini nihoyatda kengaytirib yuborgan. Mil. av. 12-a. da toʻla shakllangan Finikiy yozuvi finikiyaliklarning Oʻrta dengiz boʻylarida barpo qilgan mustamlaka yerlarida tarqalgan. 10—9-a. larda Finikiy yozuvidan oromiy yozuvi (undan esa yahudiy, nabotiy, arab; Old va Markaziy Osiyoning boshqa alifbolari, jumladan, bilvosita gruzin va arman; sugʻd, uygʻur va moʻgʻul yozuvlari va b. yozuvlar) paydo boʻlgan. 11 — 8-a. larda esayunon, keyinroq lotin, Kirill alifbolari, brahmi yozuvi (undan Hindiston, Shim. Sh ar qiy Osiyo va Tibet yozuvlari) kelib chiqqan. Maʼlumotlarga qaraganda, hoz. bizga maʼlum boʻlgan harftovush tizimidagi alifbolarning F qismidan koʻprogʻi Finikiy yozuvidan tarqalgan.

Finikiy yozuvida bitilgan eng qad. yodgorliklar mil. av. 12—10-a. larga mansub boʻlib, Finikiyaning oʻzidan emas, balki uning mustamlakalari hududidan topilgan (ular koʻp emas). Finikiy yozuvi dagi yodgorliklarning koʻpchiligi mil. av. 5-a. — mil. 2~3-a. larga mansub. Undan keyingi davrda Finikiy yozuvi oromiy yozuvi tomonidan siqib chiqarilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x