FINIKIY TILI

FINIKIY TILIsom tillarining xanaan guruxchasiga mansub va mil. av. 2—1ming yillik — mil. 1ming yillikda Finikiyada hamda Oʻrta dengiz soqillaridagi finikiy mustamlakamanzilgohlari (Kipr, Sitsiliya, Sardiniya, Messaliya, Ispaniya, Shim. Afrika)da tarqalgan (keyinchalik ulik) til. F. t. Finikiyaning oʻzida mil. 2-a. da isteʼmoldan chiqqan; Shim. Afrikada esa soʻnggi davr F. t. (yangi puna tili) arablar istilosi davri (8-a.)gacha saqlanib qolgan. Mil. av. 2ming yillik oʻrtalaridan mil. 2-a. gacha (Finikiya) va mil. 3—4-a. largacha (Oʻrta dengizning garbi) boʻlgan davrga mansub yozma yodgorliklar orqali maʼlum; dialektal jihatdan shim. finikiy, jan. finikiy, kipr, puna lahjalariga boʻlinadi. Finikiy tilining morfologiyasi va leksikasi boshqa som tillariniki, xususan, ivritnikiga oʻxshash. Finikiy tili fonetikasining u mansub boʻlgan guruhchadagi boshqa tillardagidan oʻziga xos tomonlari bor. Umumsomiy 28 undoshdan, grafikasiga koʻra, 22 tasi saqlanib qolgan. Vokalizm (unlilar) sohasida ham anchagina farqlar boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x