FIN QOʻLTIGʻI

FIN QOʻLTIGʻI — Boltik, dengizining sharqiy qismidagi qoʻltiq. RF, Finlyandiya, Estoniya sohillari oraligida. Mayd. 30 ming km2. Uz. 390 km, eni kiraverish qismida 70 km. Qirgʻoqlari shim. da qoyali va shxera tipli, jan. va sharqida past. Qoʻltiqning sharqiy qismi — Neva qoʻltiqchasiga Neva, shuningdek, Narva, Lucha daryolari quyiladi. Chuqurligi gʻarbida 100 m, sharqida 7 m. Orol koʻp. Suvning yuza qismida t-ra qishda 0° dan past, avg. da 15—17°. Noyab. oxiridan attr. oxirigacha muz bilan qoplanadi. Shoʻrligi 2—5%o. Katta kemalarning SanktPeterburg portiga kirish uchun Fin qoʻltigʻida Dengiz kanali qazilgan. Suv sathining balandligi shamollar va atmosfera bosimi taʼsirida oʻzgarib turadi. Natijada Neva qoʻltiqchasida suv koʻtarilib, SanktPeterburgda toshqinlar boʻladi. Fin qoʻltigʻi sohilidagi yirik portlar: SanktPeterburg, Viborg (RF), Tallin (Estoniya), Xelsinki, Kotka (Finlyandiya).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x