FIMOZ

FIMOZ (yun. phimosis — tortishish, torayish) — erlik olati (zakar) chekka kertmak qismining torayishi. Bunda olat boshchasi yetarli ochilmaydi. Tugma (baʼzi bolalarda 2—3 yoshgacha kuzatiladigan fiziologik Fimoz) va orttirilgan Fimoz farq qilinadi. Orttirilgan Fimoz surunkali balanopostit kasalligi oqibatida paydo boʻladi (q. Balanit). F. zaxm va soʻzak tufayli ham yuzaga kelishi mumkin. Asosiy belgisi: siyganda siydik yaxshi chiqib ketolmay, chekka kertmak qopchasiga toʻplanib, u shishadi, limfa tomirlari yoʻgʻonlashadi, baʼzan chovga ogʻriqli bez keladi; bemorning trasi koʻtariladi, lohas boʻladi. Ogʻirroq hollarda siydik chiqarish kanali kengayib, yalligʻlanadi. Fimoz bilan ogʻrigan bolalarda koʻpincha kechasi siyib qoʻyish, kattalarda esa jinsiy hayotning qiyinlashish hollari kuzatiladi. Fimoz roʻy berganda darhol vrachga murojaat etish lozim. Vrachga koʻringunga qadar olatni kaliy permanganat (margansovka)ning kuchsiz eritmasi bilan chayish va vanna qilish mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x