FILOLOGIYA

FILOLOGIYA (yun. philologia — soʻzni sevish, soʻzga mexr) — gumanitar fanlar — tilshunoslik, adabiyotshunoslik, matnshunoslik, manbashunoslik, paleografiya va b. ning hamkorligidan tarkib topgan umumiy fan; yozma yodgorliklarni lisoniy va stilistik jihatdan taxlil etish orqali inson maʼnaviy madaniyatining tarixi va mohiyatini oʻrganadi. Oʻz ichki masalalari va tashqi aloqalari yigʻindisidan iborat boʻlgan matn Filologiyaning mavjudligini belgilovchi ilk asos hisoblanadi. Asosiy diqqateʼtiborni matnga qaratish, unga yordamchi sharxlar yaratish (filol. asarlarning eng qad. shakli) orqali Filologiya ayni shu nuqtayi nazar asosida inson turmushini, eng avvalo, maʼnaviy turmushini butun kengligi va teranligi bilan qamrab oladi. Filologiya yozuv madaniyati nisbatan yuksalgan davrda paydo boʻlgan.

Yaqin Sharqdagi qad. yuksak taraqqiy etgan madaniyatlar Filologiyadan deyarli bexabar boʻlgan, oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropada ham unga yetarlicha eʼtibor berilmagan; ayni paytda Filologiya falsafaning vatani, qad. Hindiston va Yunonistonda soʻz va nutq ustida fikrlash, uni taxlil qilish tarzida, falsafa bilan uygʻunlikda paydo boʻlgan. Falsafadagi mavhumlikka intilish bilan Filologiyaning aniqligi, konkretligi oʻrtasida keyinchalik roʻy bergan ixtiloflarga qaramay, falsafa va Filologiyaning dastlabki yaxlitligi, bir butunligi tasodifiy boʻlmagan: F. ning yuksalish, oʻta rivojlanish davrlari koʻpincha gnoseologik tafakkurning buyuk davrlaridan (mas, ellinistik dunyoda — Aristoteldan, 17-a. da Yevropada — R. Dekartdan, 19-a. da Germaniyada — I. Kantdan) soʻng roʻy bergan.

Hind F. si Panini (mil. av. 5—4a. lar), Patanjali (mil. av. 2-a.) kabi grammatistlarni, keyinchalik uslub nazariyotchilarini tarbiyalab yetishtiradi; Qad. Xitoy madaniyati oʻz filologik anʼanalariga ega boʻlgan (Lyu Se asarlari, mil. 5—6-a. lar). Lekin Qad. Hindiston va Xitoyning filologik taʼlimoti, bu soxdsagi yutuqlari yangi va eng yangi davrlargacha yevropaliklarga maʼlum emas edi. Yevropa F. si anʼanalari butunlay yunon manbalariga, antik sunyo Filologiya siga tayanib ish koʻrgan. Sofistlar davrida (mil. av. 5-a. ning 2yarmi — 4-a. ning 1yarmi) adabiyot sohasi nazariy poetika va Filologiyaning obyekti boʻlish uchun noadabiy muhitdan yetarli darajada ajralib chiqadi. Sofistlardan Protagor, Gorgiy, Prodik va b. filologik metodlarni ishlab chiqishda katta xizmat qilganlar; yunon adabiyot nazariyasi Aristotelning «Poetika» asari bilan yuqori bosqichga koʻtariladi. Ellinistik davrda (mil. av. 3—1-a. lar) Filologiya falsafa fanidan ajralib chiqadi va mutaxassislar — Iskandariya va Pergam kutubxonachilari qoʻliga oʻtadi: ular antik mualliflarning tuzatilgan matnlarini aniklash va sharxlash b-n shugullanganlar. Frakiyalik Dionisiy (taxm. mil. av. 150^90-y. lar) soʻz turkumlarining hozirgacha ham qoʻllanib kelayotgan nazariyasini uzilkesil ishlab chiqdi. Ilk xristianlik davri olimlaridan Origen, Ieronim (Injilni birinchi marta lotinchaga tarjima qilgan shaxs) Injilning asl nusxasi va yunoncha tarjimasi ustida ulkan tekstologik ishlarni amalga oshirdilar. Yunon Filologiyasi anʼanalari oʻzining antik holatini (mumtoz matnlarni oʻrganish va sharxlash) batamom saqlagan holda oʻrta asrlarda Vizantiyada davom ettiriladi; Rim imperiyasi qulagandan soʻng (1453) Uygʻonish davri Italiyasi qochib kelgan olimlar tufayli Vizantiya F. sini meros qilib oladi. Qad. Rimda Filologiya tilning fammatik jihatini, imlosini oʻrganadigan fammatikadan farqlanib turgan. Filologiyaning keyingi taraqqiyot bosqichi Uygʻonish davridagi Dante, Bokkachcho, Petrarka, Lorenso Vall risolalari bilan bogʻliq. Ushbu risolalarda Aristotel asarlarining haqiqiy mazmuni aniqlangan, qad. yunon va rimlik yozuvchilarning yozma matnlari tanqidiy nuqtayi nazardan oʻrganilgan va sharxlangan.

Oʻrta asrlarda F. Yevropada tushkunlikka uchragan davrda, 8—14-a. lar davomida arab Filologiyasi keng koʻlamda rivojlana boshlaydi. Arab Filologiyasida tilshunoslik, qisman adabiyotshunoslik sohalari rivojlangan. Bu davrda Kufa va Basra grammatik maktab (oqim)lari yuzaga kelgan. Basra grammatik oqimi vakillari: Xalil ibn Ahmad (8-a.) va uning shogirdi Sibavayhiy oʻz asarlarida klassik arab tili meʼyorlarini ishlab chiqib, arab tilining birinchi izohli lugatini tuzganlar, Sibavayhiy arab tilida soʻz turkumlarini 3 asosiy guruhga (ism, feʼl, harf) ajratgan va soʻz turkumlarining sintaktik munosabatlarini belgilagan. Kufa grammatik oqimi vakillari esa oʻz asarlarini arab tili sintaksisiga, arab tilining dialektal grammatik xususiyatlariga bagʻishlaganlar. 9 — 10-a. larda har ikki grammatik oqim mustaqil tilshunoslik maktabi darajasiga koʻtarilgan. Basra va Kufa fammatik oqimlari asosida Bagdod fammatik maktabi yuzaga keladi, Bagʻdod grammatik nazariyasi yaratiladi. Bagʻdod grammatik oqimining vakili Ibn Jinniy (10-a.) oʻz asarlarida etimologiya masalalariga eʼtibor bergan. Arab xalifaligi hukmronligi Suriya, Misr, Eron, Ispaniya, Oʻrta Osiyoga qadar tarqalishi munosabati bilan bu hududlarda ham Kufa, Basra, Bagdod fammatik oqimlari taʼsirida filologtilshunoslar yetishib chiqadi.

Arab Filologiyasi anʼanasining tashkil topishi va taraqqiy etishida arablar bilan bir qatorda boshqa xalqlarning arab tilida ijod etgan vakillari ham ishtirok etgan. Ingliz sharqshunosi Ye. Braunning koʻrsatishicha, arab fani va madaniyatining eng moʻtabar vakillari deb sanalgan 45 kishidan 30 tasi arab boʻlmagan xalklarning vakillari boʻlgan. Turkiy Filologiya fanining vujudga kelishi ham ayni mana shu olimlarning ilmiy faoliyati b-n boglanadi.

Turkiy xalqlarda Filologiya qadimda maxsus fan sifatida qaralmagan boʻlsada, unga oid juda koʻplab asarlar — lugʻatlar, fammatikalar, adabiyotshunoslikka doyr risolalar, tazkiralar, turkiy xalklar tarixi va etnografiyasiga doyr kitoblar yozilgan. Mahmud Koshgʻariy (11-a.) turkiy xalklar madaniyati va fani tarixida alohida oʻrin tutadi. U turkiy Filologiya fanini yaratgan olimlardan biri va birinchisidir. Uning «Devonu lugʻotit turk» asarida bu fanning deyarli barcha sohalari yoritilgan: turkiy tillar leksikasi, fonetikasi va morfologiyasi, turkiy tillar tasnifi, turkiy xalklarning ogzaki ijodi va b. Asarda, shuningdek, turkiy xalklar etnofafiyasi, toponimikasi, geografik joylashuviga oid qimmatli maʼlumotlar ham bor. M. Koshgariy tillarni kiyosiy oʻrganishga ham asos solgan. Oʻz davri olimlari tomonidan «jorulloh» («Allohning qoʻshnisi») laqabini olgan Mahmud Zamaxshariy (11 —12-a. lar) Sharq fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshdi. U falsafa, tarix, adabiyotshunoslik, folklorshunoslik, tilshunoslik kabi fanlarga oid 50 dan ortiq asar yaratdi. Uning «Mukaddimat uladab» asari fakat arab tili va tilshunosligi tarixini oʻrganish jihatidangina emas, balki turkiy xalqlar tillari tarixini oʻrganish jihatidan ham muhim ahamiyatga ega. Asarning lugʻat qismida arabcha soʻzlarning forscha, moʻgʻulcha tarjimalari bilan bir qatorda turkiycha tarjimalari ham berilgan. Bulardan tashqari, 13—19-a. larda nomi mashhur yoki nomaʼlum mualliflar tomonidan yaratilgan 10 dan ortiq bir tilli yoki ikki tilli izohli lugʻatlar turkiy tillarda Filologiya fanining rivojiga muayyan hissa boʻlib qoʻshildi. Shuningdek, Alisher Navoiyning «Muhokamat ullugʻatayn», «Mezon ulavzon», «Majolis unnafois», «Tarixi muluki Ajam» asarlari, Boburning «Muxtasar» («Risolai aruz») va «Boburnoma»si, Abulgʻoziy Bahodirxonning «Shajarai turk» va «Shajarai tarokima» kitoblari, Munis, Ogahiy, Bayoniy kabi mualliflarning tarixga oid asarlari, Shayx Ahmad Taroziyning adabiyotshunoslikka oid «Funun ulbalogʻa» kitobi va b. ilmiy asarlar ham keng maʼnoda Filologiya fanini boyitgan.

18-a. da Germaniyada filolog I. I. Vinkelmanning «neogumanizm» (yangi gumanizm) nazariyasi paydo boʻlishi sababli Filologiyaning yangi davri boshlanadi. Antik dunyoning yaxlit, bir butun obrazi haqidagi masala Uygʻonish davridagidek, hatto yanada koʻproq ilmiy talabchanlik b-n oʻrtaga tashlanadi. Nemis filologi Filologiya Volf «Filologiya» terminini qadimiyat, antik dunyo haqidagi fanning nomi sifatida amalga kiritadi. Bu davrda Filologiya juda keng maʼnoda tushunilib, nafaqat muayyan xalq tili va adabiyotini, balki tarixi, falsafasi, sanʼati va hatto moddiy madaniyatini oʻrganishni ham oʻz ichiga olgan. Filologiyaning qad. madaniyat yodgorliklarini oʻrganuvchi, yunon va rimlik mualliflar asarlarini sharhlovchi boʻlimi keyinchalik «klassik Filologiya» deb atalgan. 19-a. da Filologiyaning boshqa fanlardan ajralish jarayoni kuchaygan edi. Nemis filologlari G. Uzener, E. Rode, U. fon VilamovisMyollendorf va b. ning faoliyati natijasida qad. dunyo tarixi mustaqil fan tarmogʻi sifatida Filologiyadan ajralib chiqadi; ayni shu davrda romantizm va b. goyaviy oqimlarning taʼsiri ostida «klassik Filologiya» bilan bir katorda «yangi Filologiya» ham vujudga keldi: germanshunoslik (akauka Ya. va V. Grimmlar), slavyanshunoslik (A. Vostokov, V. Ganka), sharqshunoslik kabi. Shu bilan birga akauka Grimmlar, F. Dis, I. Dobrovskiy, A. Vostokov va b. filologlar tillarni oʻrganishning qiyosiytarixiy metodini ishlab chikdilar. 18—19-a. larda Filologiyaning bir tarmogʻi sifatida turkiyshunoslik fani paydo boʻldi.

Filologiyaning yukrridagidek maxsus boʻlimlari yuzaga kelgan va qiyosiytarixiy metod qoʻllana boshlagan davrda Filologiya tushunchasi torayib, tilshunoslikka tenglashib krlgan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida Filologiya tushunchasi xiyla oydinlashadi va u tillar va adabiyotlarni urganishni qamrab oladi; matnshunoslik, manbashunoslik, paleografiya kabi fanlar Filologiyaning yordamchi sohalari sifatida paydo boʻladi, ayniqsa, matnshunoslikning shakllanishi va rivojlanishi qad. qoʻlyozmalarni, mumtoz shoirlarning (mas, Yusuf Xos Hojib, Atoiy, Navoiy, Bobur; Pushkin, Lermontov va b.) asarlarini nashr etishda muhim rol oʻynadi. Filologiyani tashkil etuvchi tilshunoslik va adabiyotshunoslik fanlari, oʻz navbatida, maxsus sohalarga tarmoklanadi: umumiy tilshunoslik, til tarixi, hoz. tillarni oʻrganish; adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi, adabiy tanqid va b. F. doirasiga folklorshunoslik ham taalluqlidir, chunki folklor ham soʻz sanʼati hisoblanadi.

Hoz. Filologiya til va adabiyotni oʻrganishning yangiyangi muammolarini oʻrtaga tashlab, yangiyangi metodlarni ishlab chiqmoqda; ijtimoiy hayotning barcha davrlariga xos yozma manbalar bilan uzviy bogʻlangan holda rivojlanmokda; filologik tadqiqotlar mavjud manbalarga chuqur ilmiy va tanqidiy nuqtayi nazardan yondashgan holda olib borilmokda. Bir paytlar yagona, yaxlit fan hisoblangan Filologiya bagʻridan ajralib chiqib, mustaqil fanlarga aylangan tarix, falsafa, sanʼatshunoslik, madaniyat tarixi kabi soxlarning vazifalari bilan oʻz vazifalarini chegaralab olish, shu bilan birga, ular bilan ijodiy hamkorlik qilish hoz. Filologiyaning eng muhim oʻziga xos xususiyatidir.

Oʻzbek Filologiya sining asoslari M. Koshgʻariy, M. Zamaxshariy davriga va asarlariga borib taqalsa ham, ayerlar mobaynida oʻziga xos tarzda rivojlanib kelgagʻ! boʻlsa ham, hoz. maʼnodagi oʻzbek Filologiyasi 20-a. boshlaridan shakllana boshladi: oʻzbek tilshunosligi, adabiyotshunosligi, manbashunosligi va matnshunosligi Filologiya fanining tarmoklari sifatida taraqkiy etdi. Hoz. oʻzbek Filologiyasi jahon Filologiya fanining tarkibiy qismi sifatida har tomonlama rivojlanmokda. Oʻzbek Filologiyasi taraqqiyotiga M. Behbudiy, Fitrat, Choʻlpon, Avloniy, Elbek, Gʻozi Olim Yunusov, A. Zohiriy, Otajon Hoshim, Hodi Zaripov, S. Ibrohimov, P. Shamsiyev, Sh. Xurshid, Olim Sharafiddinov, S. Mutallibov, Izzat Sulton, O. Usmonov, S. Usmonov, U. Tursunov, F. Kamol, V. Abdullayev, V. Zohidov, Gʻ. Karimov, F. Abdullayev, A. Gʻulomov, H. Sulaymonovlar, rus olimlaridan Ye. Polivanov, K. Yudaxin, A. Borovkov, V. Reshetov, A. Kononov, A. Shcherbak va b. ning munosib xissalari bor. Shuningdek, Sh. Shoabdurahmonov, Gʻ. Abdurahmonov, A. Hayitmetov, A. Qayumov, A. Rustamov, Q. Mahmudov, M. Asqarova, HI. Rahmatullayev, A. Hojiyev, A. Abdugʻafurov, B. Valixoʻjayev, N. Karimov, T. Mirzayev, B. Nazarov, E. Fozilov, E. Begmatov, H. Neʼmatov, A. Nurmonov, N. Maxmudov va b. hoz. kundagi oʻzbek Filologiya sini rivojlantirishda uz ilmiy izlanishlari bilan ishtirok etib kelmokdalar.

Ad. Qoʻchqortoyev I., Isabekov B., Turkiy filologiyaga kirish, T., 1984; Nurmonov A., Oʻzbek tilshunosligi tarixi, T., 2002.

Abduvohob Madvaliyev, Neʼmat Mahkamov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x