FIKSIZM

FIKSIZM (lot. fi xus — qattiq, oʻzgarmas) — Yer yuzasida kontinetlarning qoʻzgʻalmas boʻlib joylashuvi haqidagi va Yer pusti rivojlanishida vertikal yoʻnalgan tektonik harakatlarning hal qiluvchi roli toʻgʻrisidagi tasavvurdan kelib chiqadigan tektonikayaagn 2 yoʻnalishning biri. 20-a. ning 60-y. lari oʻrtalarigacha, yaʼni mobilizm gʻoyasi yuzaga kelguncha Fiksizm geol. ning asosiy yoʻnalishi boʻlib kelgan. Fiksizm tushunchasi asosida, plita, platforma, antiklinoriy va b. terrigen materiallarning siljishi manbalari, chuqur yoriqlarning mavjudligi, bir rnning oʻzida bir tipli magmatizmning uzoq vaqt paydo boʻlishi tushuniladi. Yer yuzasidagi tektonik sharoitdagi asosiy farqlar, Fiksizm gʻoyasiga binoan, Yerning ichki qismi endogen rejimining farqlari bilan aniqlanadi. Fiksizm gʻoyasi mobilizmga teskari tushuncha hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x