FEODOSIYA

FEODOSIYA — Ukrainaning Qrim Respublikasidagi shahar. Qrim ya. o. ning jan. sharqiy sohilida. Simferopoldan 116 km sharqsa. Qora dengiz boʻyidagi port, t. y. stansiyasi, balneologik iklim kurorti. Aholisi 75 ming kishi chamasida (2001).

Feodosiyaga mil. av. 6-a. ning oʻrtalarida asos solingan. 2-jahon urushidan keyin shahar qayta tiklandi, kurort markazlaridan biriga aylandi. Yozi issiq, qishi iliq, yiliga 360 mm yogʻin tushadi. Davolash vositalari: iklim, dengizda choʻmilish, mineral buloq suvlaridan ichish, Ajikoʻl balchigʻi. Shaharda oziq-ovqat (sut, tamaki va b. z-dlar), qurilish materiallari, metadlsozlik sanoati mavjud. Mebel, ofset, oʻyinchoq f-kalari bor. Oʻlkashunoslik muzeyi, I. K. Ayvazovskiy nomidagi (F. da tugʻilgan) kartinalar galereyasi, rus yozuvchisi A. S. Grinning adabiymemorial muzeyi faoliyat koʻrsatadi. 14—15 a. larga oid genuyaliklar qalʼasi qoldiklari, Ioann Predtecha, Stefan, Arxangellar, Sergiy cherkovlari (hammasi 13—14-a. lar), MuftiyJome masjidi (17-a.) kabi meʼmoriy yodgorliklari saklangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x