FEMINIZATSIYA

FEMINIZATSIYA (lot. femina — ayol, urgʻochi) — erkak organizmda ikkilamchi jinsiy belgilarning rivojlanishi. Feminizatsiya — gormonal muvozanatning buzilishi; odamlar, baliklar, suvda va quruqlikda yashovchilar, qushlar, sut emizuvchilarda kuzatilgan. Feminizatsiyani bichilgan (q. Axtalash) erkak hayvonlarga tuxumdonni kuchirib oʻtkazish yoki urgʻochi jinsiy gormon (esterogen) taʼsir ettirib, sunʼiy paydo qilish mumkin. Mas, bichilgan xoʻrozga tuxumdon koʻchirib oʻtkazilganida unda tovukdar uchun xos boʻlgan patlar, toj, jinsiy xattiharakatlar paydo buladi. Bichilgan erkak sut emizuvchilar (kalamushlar, maymunlar va b.)da koʻchirib oʻtkazilgan tuxumdon yoki esterogen taʼsirida sut bezlari rivojlanadi; urgʻochilar uchun xos boʻlgan jinsiy instinktlar paydo boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x