FEDERAL TEKSHIRISHLAR BYUROSI

FEDERAL TEKSHIRISHLAR BYUROSI (FTB) (Federal Bureau of Investigation — FBI) — AQSHda federal qonunlar buzilishlarini tekshiruvchi muassasa. 1908-y. tuzilgan. Qarorgohi Vashington sh. da Uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, giyohvand moddalar savdosi, mansab jinoyatlari, zoʻravonlik holatlariga, AQSH hududida boshqa davlatlar razvedkalariga qarshi kurash FTB faoliyatining muhim yoʻnalishlaridir. Byuroning mamlakat shtatlari poytaxtlarida, yirik shaharlarda 60 ga yaqin boʻlimi, 500 dan ortiq mahalliy boʻlinmalari, ayrim mamlakatlarda esa aloqa postlari mavjud. FTB da 24 mingga yaqin xodim, jumladan, 10 mingga yaqin maxsus agent xizmat qiladi. Byuro rahbarini AQSH prezidenti tayinlaydi, kongress tasdiqlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x