FEDCHENKO MUZLIGI

FEDCHENKO MUZLIGI — Oʻrta Osiyodagi eng katta togʻvodiy muzligi. Pomirning shim. gʻarbida. Uz. 77,4 km, mayd. 824 km2. Muzning qalinligi oʻrta qismida 1000 m dan ziyod. Muzlikning yuqori qismi 7480 m, quyi qismi esa 2900 m balandlikda. Qor chizigʻining bal. 4650 m. Muzlik uchidan Seldara daryosi boshlanadi. Muzlikning eng yirik boʻlaklari Somoniyon, Garmo choʻqqilari togʻ massivlari hamda Shim. Tanimas tizmasi atroflarida vujudga kelgan. Fedchenko muzligi Yazgʻulom tizmasi shim. yon bagʻridan va bir necha choʻqqilar tagidan boshlanib, Fanlar Akademiyasi tizmasining sharqiy yon bagri boʻylab davom etadi. Balandkiyik daryosining vodiysiga keladi va 30 dan ortiq muzlikni qoʻshib oladi.

1928—58 y. larda muzlik tili 30—35 m pasayib firnli qismi 12 m qalinlashgan. Fedchenko muzligining quyi kismini 1878-y. da V. F. Oshanin oʻrgangan, oʻrta va yuqori qismlarini dastlab 1928-y. Pomir ekspeditsiyasi tadqiq qilgan. Muzlik A. P. Fedchenko nomi bilan ataladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x