FAZO VA VAQT

FAZO VA VAQT, makon va zamon — borliqning umumiy yashash shakllari; fazo dunyoni tashkil etuvchi obyektlar va ulardagi tarkibiy nuk,talarning oʻzaro joylashish tartibi, koʻlami va mikyosini ifoda etea, vaqt dunyoda sodir boʻluvchi xrdisa va jarayonlarning ketma-ket roʻy berishi va davomiyligini ifodalaydi. Fazo va vaqt va v. ning tabiati hamda mohiyati haqida qadimdan faylasuflar xilmaxil nuqtayi nazarni ilgari surgan. Ularni umumlashtirib 2 ga: substansial va relyatsion konsepsiyaga ajratish mumkin. Substansial konsepsiyada Fazo va vaqt va v. ning mutlaq jihatlari, relyatsio n konsepsiyada esa ularning nisbiy jihatlari mutlaqlashtiriladi. Substansial yondashuv tarafdorlari (Demokrit, Platon, Eronshaxriy, Zakariyo arRoziy, Beruniy, Patritsiy, Kampanella, Gassendi, Nyuton, Eyler va b.)ning fikricha, fazo— materiya va moddiy aloqadorliklardan tashqarida, ularga bogʻliq boʻlmagan holda mavjud boʻlgan mustaqil substansiyadir; u moddiy obyektlarning joylashish makoni, fazo mutlakdir. Vaqt esa borliqqa, fazo va harakatga jiddiy taʼsir koʻrsatadi; vaqt munosabatlari hamda hisob sistemalarida bir xilda oʻtadi. Fazo va vaqt va v. ni mustaqil sub. stansiya deb qisoblaganliklari uchun ularning yondashuvi fanga substansial konsepsiya nomi b-n kirgan. Relyatsion yondashuv vakillari (Aristotel, Avgustin, al-Kindiy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Faxriddin Roziy, Nasriddin Tusiy, Dekart, Leybnis, Toland, Yum, Fixte, Kant, Gegel)ning fikricha, fazo—moddiy dunyoning tarkibiy tuzilishi tartibining namoyon boʻlishi, jismlarning oʻzaro joylashish oʻrni va moddiy narsalarning mavjudligi tartibini ifodalaydi. Fazo juzʼiy holda ham, umumiy holda ham moddiy dunyoning holatiga bogliq; materiya fazoning mavjudligi uchun asosiy vositadir, vaqt esa materiyaning atributa (ajralmas xususiyati), u materiyadan tashqarida mavjud boʻlishi mumkin emas, u nisbiydir. Fanda uzok, davr mobaynida fazoni vaqtdan ajratib tushunish hukmronlik qilib keldi. Shu jixatdan vaktga nisbatan dinamik va statistik qarashlar ham mavjud. Dinamik qarash boʻyicha, vaqtning faqat hoz. zamonigina real mavjud, oʻtmish oʻtib ketgan, kelajak esa hali yoʻq. Statistik qarash vakillarining fikricha, vaqtning barcha lahzalari bir yoʻla, yaxlit holda, bir vaqtda mavjuddir, vaktning lahzalarini har bir subyekt oʻz boshidan kechiradi va unga goʻyoki vakt oqib oʻtayotgandek tuyiladi. 20-a. boshlarida A. Eynshteyn tomonidan nisbiylik nazariyasining yaratilishi Fazo va vaqt va v. ning oʻzaro chambarchas bogʻlikligi, Fazo va vaqt va v. sistemaning harakat tezligi bn, vaktfazo strukturasining modda zichligi bilan bogʻlikligi haqidagi fikrlar tabiiyilmiy va nazariy isbotini topdi.

Bundan ilgariroq yaratilgan noyevklid geometriyasi tamoyillari bilan dunyo elektrodinamik manzarasining bogʻlanishi fazoning strukturasi haqidagi tabiiyilmiy tasavvurlarni yanada kengaytirdi. Fan yutuqlari Fazo va vaqt va v. ning xususiyatlari mikro, makro va megadunyolarda birbiridan farq qilinishini isbotladi. hoz. zamon fanlari aniklab bergan Fazo va vaqt va v. ning xususiyatlarini 2 turga ajratish mumkin. 1turga tegishli oʻlchov asboblari (lineyka, ruletka, soat kabilar) bilan oʻlchash mumkin boʻladigan, turli hisob sistemalarida turlicha namoyon boʻladigan nisbiy xususiyatlari kiradi va ular metrik xususiyatlar deb ataladi. Bunday xususiyatlarga fazoning koʻlami, bir jinsliligi, izotropliligi, egilganligi, vaktning bir jinsliligi, bir xilligi, davomiyligi, anizotropligi va b. kiradi. 2turdagi xususiyatlari Fazo va vaqt va v. ning tub mohiyatiga aloqador boʻlgan, barcha hisob sistemalarida bir xilda namoyon boʻladigan, oʻzgarmas, fundamental xususiyatlardir. Ular topologik xususiyatlar deb atalib, fazoning uzluksizligi (yoki diskretligi), oʻlchamliligi, tartiblanganligi, kompaktligida, vaktning esa uzluksizligi, bir oʻlchovliligi, orqaga qaytmasligi, chiziqli bogʻlanganligida va b. da namoyon boʻladi.

Fazo va vaqt va v. ning metrik xususiyatlari borliqning miqdoriy munosabatlarini ifoda etea, topologik xususiyatlari esa tub sifat jihatlarini aks ettiradi. Shu sababli falsafada Fazo va vaqt va v. ning metrik xususiyatlari — miqdoriy xususiyatlar, topologik xususiyatlari esa sifatiy xususiyatlar deb ataladi. Fazo va vaqt va v. ning metrik xususiyatlari oʻzgarganda voqeliqsa jiddiy strukturaviy oʻzgarishlar roʻy bermasligi mumkin, topologik xususiyatlarning oʻzgarishi esa voqelikni, albatta, tubdan strukturaviy oʻzgartiradi. Fazo va vaqt va v. ni anglashda real, perseptual va konseptual Fazo va vaqt va v. larni birbiridan ajrata olish lozim. Obyektiv voqelikdagi real, jismoniy, fizik obyektlar, narsa va hodisalarning oʻziga xos Fazo va vaqt va v. aloqadorliklari real Fazo va vaqt va v. deyiladi. Real Fazo va vaqt va v. ning inson tasavvurida idrok etilishi — perseptual Fazo va vaqt va b. boʻlsa, real Fazo va vaqt va v. ning matematik tenglama va hisobkitoblarda modellashtirilishi — konseptu al F. va v. dir. Perseptual va konseptual Fazo va vaqt va v. real Fazo va vaqt va v. ning inʼikosi ekanligini hisobga olish lozim, ularni aynanlashtirish kishini chalgitishi mumkin. Hoz. Davrda borliqning turli tashkiliy struktura darajalariga aloqador fizik, kimyoviy, geologik, biologik, fiziologik, ijtimoiy (sotsiologik), psixologik Fazo va vaqt va v. haqidagi konsepsiyalar ham yaratilmoqda. Ularda olamning tuzilish jihatdan xilma-xilligi va birligi, koʻp qirraliligi va cheksizligi, murakkabligi va nihoyasizligi asoslanmokda. 20-a. ning oxiri — 21-a. ning boshlarida nazariy fizika, topologiya, chiziqli algebra, kvant fizikasi, relyativistik kosmologiya kabi fanlarning rivojlanishi Fazo va vaqt va v. haqidagi tasavvurlarni jiddiy oʻzgartirdi, Fazo va vaqt va v. ning turlituman modellarini tadqiq qilishga keng yoʻl ochildi. Bu tadquqotlar olamdagi yagona eng umumiy, universal va fundamental aloqadorlik — F. va v. aloqadorligidir, deb xulosa chiqarishga asos berdi.

Ad.: Sovremennaya nauka o stroyenii i evolyutsii materialnogo mira, v kn. Osnovы filosofii, T., 2004; Tu raye v B. O., Vaqt muammolari, T., 1986; Tu raye v B. O., Prostranstvo. Vremya. Razvitiye, T., 1992.

Baxtiyor Toʻrayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x