FAZLULLOH ibn ROʻZBEHON

FAZLULLOH ibn ROʻZBEHON, Roʻzbehon Isfahoniy [1457, Jan. Fors (Loriston)ning Hunji qishlogʻi, Sheroz yaqinida — 1521.13.4, Buxoro] — tarixchi olim, faqih va shoir. Otasi — Jamoliddin Roʻzbeqon yirik ilohiyot va fiqh olimi, sardorlar tabaqasidan boʻlgan. Fazlulloh ibn roʻzbehon R. Sheroz va Isfahon madrasalarida tahsil olgan. Hijoz va Makka (1474), Madina, Misr (1482) ga borib ilm olgan.

Oq qoʻyunlilar vakili sulton Yaʼqub uni Tabrizga chaqirib, saroyda yuqori lavozimni topshirgan. — sulton Abulfath mirzo Boysungʻur, temuriylaraan Sulton Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Buxoro hokimi Ubaydullaxon saroylarida yuqori lavozimlarda xizmat qilgan. Umrining qolgan qismini Buxoro va Karmanada oʻtkazgan.

Fazlulloh ibn roʻzbehon R. «Tarixi olamoroyi Aminiy» (1490) asarida sulton Yaʼqub va b. oq qoʻyunlilar haqida, temuriy shahzoda Xalil Sultonning ularga karshi olib borgan kurashlari toʻgʻrisida muhim maʼlumotlarni keltirgan. «Suluk almuluk» (1514) asari Buxoro hokimi sulton Ubaydullaxonga bagʻishlangan boʻlib, unda shariat yoʻlyoʻriqlari asosida davlatni idora qilish masalalariga toʻxtab oʻtilgan.

Fazlulloh ibn roʻzbehon R. «Mehmonnomayi Buxoro» nomli yirik tarixiy asarida (1509). Turkistonning 15-a. 2-yarmi — 16-a. boshlariga oid tarixi bayon qilingan boʻlib, u muqaddima, 59 bob va xotimadan iborat. Shayboniyxonning 1508—09 y. qish mavsumida qozoq sultonlari Janish Sulton va uning oʻgʻli Ahmad sulton, shuningdek, Burunduqxon ustiga qilgan harbiy yurishi, oʻzbek va qozoq xonlarining kelib chiqish tarixi, Movarounnahr, Dashti Qipchoq va qozoq ulusining jugʻrofiy holati, oʻzbek va qozoqlarning kelib chiqishi, etnik tarkibi, urfodati va anʼanalari asarda oʻz aksini topgan.

As: Mixmannameyi Buxara, M., 1976; Tarixi alamarayi Amini, Boku, 1987.

Ad.: Abdullayev I., Hikmatullayev H., Samarqandlik olimlar, T., 1969; Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1993; Xoja Abduxoliq Gʻijduvoniy, T., 2003.

Qahramon Rajabov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x