FAYNBERG Aleksandr Arkadyevich

FAYNBERG Aleksandr Arkadyevich (1939.2.11, Toshkent) — rus shoiri. Oʻzbekiston xalq shoiri (2004). ToshDUning jurnalistika f-tini tugatgan (1965). Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi (1965-69). «Etyud» (1967), «Soniya» (1969), «Sheʼrlar» (1977), «Olis koʻpriklar» (1978). «Ijobat» (1982). «Qisqa toʻlqin» (1983), «Yoyma toʻr» (1984), «Erkin sonetlar» (1990) va b. sheʼriy toʻplamlar muallifi. Faynbergning sheʼriy ijodida oʻtmish bilan hozirgi kun, Gʻarb bilan Sharq, milliylik bilan baynalmilallik oʻzaro tutashib, oʻziga xos badiiy olamni vujudga keltiradi. Faynbergning lirik qahramoni tarixiy-ijtimoiy silsilalar asrida oʻzining insoniy mohiyatini toʻla saqlab qolgan, oʻzgaga mehr-shafqat va madad qoʻlini uzatishga tayyor, ayni paytda yer kurrasida sodir bulayotgan noxush voqea va hodisalardan iztirob chekuvchi joʻmard insondir. Faynbergning sheʼriy ijodida rus va Yevropa shoirlarining eng yaxshi badiiy tajribalari sintezlashgan. Sharq mumtoz sheʼriyati anʼanalari ham uning ijodiy uslubiga begona emas.

Faynberg ijodining muhim qismini badiiy tarjima tashkil etadi. Oʻzbek sheʼriyatini mukammal bilgan shoir Navoiy gʻazallari, Erkin Voqidov, Abdulla Oripov, Omon Matchon va b. oʻzbek shoirlarining sheʼr va dostonlarini rus tiliga tarjima qilgan. Faynberg ssenariysi asosida «Oʻzbekfilm» kinostudiyasida «Mening akam», «Jazirama oftob tagida», «Qandahorda toblanganlar», «Tojikfilm» kinostudiyasida esa «Jinoyatchi va oqlovchilar» va b. filmlar suratga olingan. Faynberg ssenariysi asosida 20 ga yaqin multfilmlar yaratilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x