FAXRIYA

FAXRIYA — arab, fors va turkiy sheʼriyatda janr turlaridan biri; shoir tomonidan uz ijodi, isteʼdodi va fazilatlarini maktab yozilgan sheʼr, shoirning oʻz ijodi bilan faxrlanib aytgan soʻzlari. Faxriyaning dastlabki goʻzal namunalarini arab sheʼriyatida, xususan, alMutanabbiy (10-a.) ijodida, oʻzbek mumtoz sheʼriyatida esa 15-a. shoirlari ijodida uchratish mumkin. Faxriya kichik lirik sheʼr (mas, gʻazal) larda bir baytdan, katta xajmli asarlar (mas, qasida, doston) da bir necha baytdan iborat boʻladi. Ana shunday baytlar ishtirok etgan yoki butunlay shunday baytlardan iborat boʻlgan asarlar gʻazali F., qasidai Faxriya deb ham nomlanadi. Faxriyada shoir oʻz ijodini boshka bir shoir ijodiga, muhim bir voqeahodisa yoki obyektga kamtarona, mubolagʻali yoki kinoyaviy tarzda taqqoslaydi, qiyoslaydi. Mac: Ulugʻbek xon bilur Lutfiy kalomin, Ki, rangin sheʼri Salmondin qolishmas (Lutfiy). Navoiy nazm aro tigʻi zabonin oʻyla surdiki, Pichoq topmas uyottin uzni oʻldurmoqqa Sakkokiy (Navoiy).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x