FATVO

FATVO (arab. — tushuntirish, izoh, hukm, qaror) — islomda muftiy yoki ulamolar kengashi tomonidan diniy, huquqiy, siyosiy hamda ijtimoiy masalalarda beriladigan qaror, hukm yoki izoh. Islomning dastlabki davrida Muhammad (sav) safdoshlari, ayniqsa, dastlabki toʻrt xalifa (choryorlar)ning turli huquqiy masalalar yuzasidan bergan izoxlari, shuningdek, ularning fiqhp doir chiqargan qarorlari Fatvo deb aytilgan. Fatvo barcha diniyhuquqiy mazhab asoschilari tomonidan fiqhga oid qoʻshimcha manba sifatida qaralgan. Huquqiy masalalarda berilgan Fatvo diniy jamoalar, muassasalar va musulmonlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. F. Qurʼon, hadislar va shariatga yoki ilgari berilgan Fatvo larga asoslanib chikariladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x