FASSIYALAR

FASSIYALAR (lot. fascia — bogʻlov) — har bir muskulni oʻrab turadigan biriktiruvchi toʻqimadan iborat parda. Odam va hayvonlarning aʼzolari, nerv, qon tomirlarini oʻrab, muskullar uchun fassial gʻilof hosil qiladi. Tayanch va trofik vazifalarni bajaradi. Fassiyalar bir muskulni ikkinchi muskuldan ajratib, har qaysi muskulning alohida qisqarishini taʼminlaydi. Fassiyalar, odatda, qavatmaqavat muskullarni oʻrab turadi. Shu bois ular joylashgan oʻrniga qarab chuqur, oʻrta va yuza yoki teri osti Fassiyalar iga ajratiladi. Yuza yoki teri osti Fassiyalar teri osti yogʻ qavatida joylashib, odamlarda qoʻloyoq kaft terisining ostida, boshning sochli qismida aponevrozlar hosil qiladi. Fassiyalar qon tomirlari va nervlarga boy. Fassiyalar tibbiyot amaliyotida katta ahamiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x