FASSIOLYOZ

FASSIOLYOZodam va hayvonlarning gijja kasalligi. Trematodalar sinfiga mansub fassiolalar qoʻzgʻatadi. Ular tuxumini odam va oʻtxoʻr xayvonlar jigari, oʻt yoʻllari, oʻt pufagiga qoʻyadi, tashqariga axlat orqali chiqadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchisining keyingi rivojlanish davri suvli muhitda va oraliq xoʻjayin organizmi — mollyuskalarda oʻtadi. Lichinka mollyuska tanasida bir necha bosqichda tullab rivojlanadi. Fassiolalar lichinkasi boʻlgan suv yoki oʻsimlik isteʼmol qilinganda Fassiolyoz yuqadi. Kasallik oʻtkir va surunkali kechadi. Fassiolyozning qoʻzgʻatuvchisi organizmga kirib, oradan 2—4 hafta oʻtgach, bemor isitmalaydi, toshma toshib, yoʻtal paydo boʻladi. Jigar kattalashadi va ushlab koʻrilganda ogʻriydi, badan sargʻayadi, Fassiolyoz surunkali kechganda meʼdaichak faoliyati buziladi, ovqat yaxshi qazm boʻlmaydi, goho koʻngli aynib, bemor qayt qiladi, ishtahasi yaxshi boʻlishiga qaramay, u ozib ketadi, darmoni quriydi.

Fassiolyoz odam va hayvonning axlati hamda qusugʻini tekshirib aniklanadi. Hayvonlarda kasallik oʻtkir va surunkali davom etib, oʻt pufagi va oʻt yoʻllari yalligʻlanadi. Hayvon umumiy zaharlanadi, moddalar almashinuvi buziladi. Fassiolyoz bilan asosan, qoʻy, echki va qoramol kasallanadi.

Davolash: F. ga sabab boʻlgan omil bartaraf etiladi va tegishli preparatlar beriladi.

Oldini olish: suvni qaynatib ichish, kasallik manbai boʻlgan yaylovlarni aniklash va zararsizlantirish, fassiolalar tuxumini tarqatuvchi mollyuskalarni zararsizlantirish, yaylovlarni almashtirish va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x