FASHIZM

FASHIZM (ital. fassismo — tuda, birlashish) — totalitar tipdagi siyosiy diktaturaga asoslangan hokimiyatning siyosiy konsepsiyasi. Bunda faqat yuqoridan pastga qarab buyruq beriladi. Fashizm demokratiyami»! qaramaqarshisi va uni inkor etish hisoblanadi, u hokimiyatning boʻlinishiga yoʻl qoʻymaydi. Jahon tarixida Fashizmning bir necha koʻrinishlari uchragan. Jumladan, Italiyada totalitar rejim hokimiyati, Germaniyada natsistlar Fashizmi, Portugaliyada harbiysiyosiy Fashizm, Ispaniyada harbiy otryadlar Fashizm F. ning har qanday koʻrinishi demokratiya tartibotlari va qadriyatlarini hech qachon eʼtiborga olmaydi, bunday tizimda inson qadri, erkinligi, huquqlari poymol qilinadi. Hokimiyatning jamiyat hayotining barcha jihatlariga haddan tashqari aralashuvi natijasida hamma sohalarni qattiq nazoratga oluvchi totalitar siyosiy partiya shakllanadi va u davlatmonopol tashkilotiga aylanadi. Fashizm ana shunday tashkilotga va «dohiy»ning eʼtiroz bildirib boʻlmaydigan obroʻeʼtiboriga tayanadi.

Fashistik rejim inson manfaati, inson omili bilan aslo hisoblashmaydigan yovuz rejim boʻlib, barcha xalklarni, shu jumladan, oʻz xalqini ham azobuqubatga qoʻyadi. Dinsizlik, umuman dinga dushmanlarcha munosabatda boʻlish; huquqiy totalitarizmni barpo etish; partiya yakka hukmronligini oʻrnatish, bunday sharoitda kuchayadigan korrupsiya va axloqiy buzilishlar; millatchilik va jangari shovinizm, safsatabozlik, laganbardorlik, despotiyani avj oldirish, fuqarolarni, butun aholini qoʻrquv ostida saklash, inson ongi va tafakkurini boʻysunish ruhida tarbiyalash; xurfikrlik, erkinlikka intiluvchilarga nisbatan terror oʻtkazish Fashizmni tavsiflovchi xususiyatlardir. Fashizm umummilliy boʻhronlar yoki keskin oʻzgarishlar sharoitida ijtimoiy nochor guruxlar orasida oʻziga tayanch topadi. Fashizmning koʻpgina belgilari turli ijtimoiy hamda oʻng va soʻl koʻrinishdagi milliy harakatlarga xosdir. Gʻoyaviy asosda qaramaqarshiliklar koʻrinib tursada (mas, «sinf» yoki «millat») jamiyatni siyosiy safarbar etish yoʻllari, terroristik hukmronlik usullari jihatidan totalitar qarakatlar va bolshevizm, stalinizm, «kizil kxmerlar» va b. rejimlar Fashizmga yakin turadi. Demokratik tartiblar boʻsh boʻlgan sharoitda fashistik tipdagi harakatlar rivojlanib, Fashizmning jiddiy xavfga aylanish imkoniyati saklanib qoladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x