Farzandim 1 oylik. Koʻp yigʻlaydi. Bu xavfli emasmi?

❓Farzandim 1 oylik. Koʻp yigʻlaydi. Bu xavfli emasmi?

✍️ Shifokor Hilola Jumayeva:

✅ Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda yigʻlash refleksi tabiiy hisoblanadi. Faqat qorni ochganda, uyqusi kelganda, tagi hoʻl boʻlganda yoki uyqusi buzilganda yigʻlashi meʼyoriy holat hisoblanadi. Ushbu muammolarni bartaraf etganda chaqaloq yigʻlashdan toʻxtaydi. Qorin toʻymasligi, ich qotishi va qorin dam boʻlishi ham bola koʻp yigʻlashiga sabab boʻladi.

🔹Chaqaloqlar tugʻilgach, oshqozon-ichak tizimining faoliyati boshlanadi. Shu sababli qorinda ogʻriq va qorin dam boʻlishi holatlari kuzatiladi. Bunda shifokor pediatr koʻrigiga olib borish va tavsiyalariga amal qilish lozim.

🔶 Onaning ovqatlanishi va asabiyligi ham bolaga taʼsir koʻrsatadi. Bola tashqi muhitga moslashgunga qadar ona parhezda boʻlishi lozim. Koʻp yigʻlash bola uchun zararli boʻlib, miyada qon aylanishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Ushbu holatda bolalar nevropatologiga murojaat qilish zarur.

Manba (https://t.me/soglomhayotuz/2975)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x